Argitalpenaren edukia
UZB: Minsk zamonaviy beshkurash bo'yicha Jahon chempionatini o'tkazish huquqidan mahrum bo'ldi. Qaror mamlakatdagi "beqaror vaziyat" tufayli qabul qilingan. Minskda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan zamonaviy beshkurash bo'yicha Jahon chempionati boshqa joyda bo'lib o'tadi. Bu haqda Xalqaro Zamonaviy beshkurash Birlashmasi (UIPM) matbuot xizmati xabar berdi. Dastlab musobaqa 7-13 iyun kunlari bo'lib o'tishi va Olimpiya o'yinlari uchun so'nggi saralashga aylanishi kerak edi. Turnir o’sha eski sanalarda bo'lib o'tadi, yangi joy haqida keyinroq ma'lum qilinadi. "UIPM Ijroiya Qo'mitasi Belorussiyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bordi va Minsk musobaqani boshqa safar ya’ni ma’qulroq payt o'tkaza olishiga to'liq ishonch bildirdi. Ijroiya qo'mita hozirgi beqaror vaziyat tufayli turnirni muvaffaqiyatli o'tkazishga xalaqit beradi deya musobaqani kechiktirishga ovoz berdi. Ba'zi mamlakatlarning ishtirok etishdan bosh tortishiga shubhalar mavjud edi, bu turnirning adolatli o'tkazilishi va Olimpiya o'yinlari saralashiga ta'sir qiladi ", - dedi UIPM prezidenti doktor Klaus Schormann.