TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1180

@mpfuz

O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi

Ikusaldiak294Ikusaldi kopurua
Argitaratuaots. 23(a)2021/02/23 (09:30)
Edukia

Argitalpenaren edukia

Olmaliq shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston Ochiq chempionati bo'lib o'tdi O'zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi mamlakatimizning mintaqalarida zamonaviy beshkurashni rivojlantirish dasturi doirasida Olmaliq shahrida zamonaviy beshkurash, ikkikurash va uchkurash, yo'nalishlari bo'yicha O'zbekiston Ochiq chempionatini o'tkazdi. Musobaqada Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Andijon viloyati va Qashqadaryo viloyatidan 80 dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi. Chempionatni o’tkazish jarayonida Olmaliq shahar hokimligi va jismoniy tarbiya va sport bo’limi katta yordam ko'rsatdi. Rossiya Federatsiyasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, Boshqirdiston Respublikasining zamonaviy beshkurash Olimpiya zaxiralari sport maktabining direktori Vadim Chudnovskiy esa musobaqaning bosh hakami bo'ldi. Bunday musobaqalardan ko'zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda zamonaviy beshkurashni ommalashtirish va yoshlarning O'zbekiston uchun yangi sport turiga bo'lgan qiziqishini oshirishdir.