TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1274

@mpfuz

O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi

Ikusaldiak412Ikusaldi kopurua
Argitaratuaeka. 4(a)2021/06/04 (05:41)
Edukia

Argitalpenaren edukia

Zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Qirg'izistonda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda. 2021-yil 25-maydan 15-iyungacha Issiqko'l ko’lida (Qirg'iziston) o'rta tog 'sharoitida zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu O'MYning asosiy vazifalari: 1. Balandlikning ortishi bilan bog'liq bo'lgan sportchi tanasining funktsional imkoniyatlarini oshirish. 2. O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolarini 2021-yilgi Markaziy Osiyo chempionati, 2021-yil Osiyo chempionati, 2022-yilgi Osiyo o'yinlari, 2025-yilgi Osiyo o’smirlar o'yinlarida ishtirok etish uchun tayyorlash. Keyin esa sportchilar 2021-yil 23-iyundan 28-iyungacha 2021 yilgi biatl/triatl bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadigan Burabay (Qozog'iston) shaxrida tayyorgarlik lageriga boradilar.