TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1308

@mpfuz

O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi

Ikusaldiak292Ikusaldi kopurua
Argitaratuaeka. 26(a)2021/06/26 (10:55)
Edukia

Argitalpenaren edukia

O'zbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi Xalqaro Olimpiya kunini tantanali va yorqin nishonladi. 25-iyun kuni Yunusobod tumanidagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi hududida Xalqaro Olimpiya kuniga bag'ishlangan tantanali tadbirlar bo'lib o'tdi. Bayramda Yunusobod va Uchtepa tumanlaridagi bolalar va o'smirlar sport maktablarining 80 nafardan ziyod beshkurashchi sportchilar ishtirok etishdi. Dastlab, yosh sportchilar lazer-run - yugurish va lazerli to'pponchadan o'q otishni birlashtirgan zamonaviy beshkurash sport yo'nalishi bo'yicha bellashdilar. Keyin bolalar boshlovchi Nodir Nuriddinovning konkurslari va musobaqalari bilan o'yin-kulgi dasturidan zavq oldilar. Va nihoyat, kuchni tiklash uchun bolalar uchun mazali piknik tashkil etildi, unda sportchilarga Xalqaro Olimpiya kunining tarixi, sportning odamlar hayotidagi o'rni va sog'lom turmush tarzining ahamiyati haqida batafsil so'zlab berildi.