TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1385

@mpfuz

O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi

Ikusaldiak370Ikusaldi kopurua
Argitaratuaira. 4(a)2021/09/04 (09:25)
Edukia

Argitalpenaren edukia

O‘zbekistonning zamonaviy beshkurash bo‘yicha yoshlar terma jamoasidagi eng yaxshi sportchilar Misrda 17 yoshli va 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Jahon chempionati oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jo‘nab ketdi. 2021-yilning 13-sentabridan 19-sentabriga qadar Aleksandriya (Misr) shahrida 17 yoshli va 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. Mazkur musobaqalarda o‘zbek sporti tarixida ilk bor O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining eng kuchli sportchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Jahon chempionatiga qadar 2021-yilning 5-12 sentabr kunlari beshkurashchilarimiz Bosh murabbiy V.M. Chudnovskiy rahbarligida Misr Arab davlatining zamonaviy beshkurash bo‘yicha yoshlar terma jamoasi bilan O‘MYni o‘tkazadi. Bu esa sportchilarga bo‘lg‘usi musobaqalarga samarali tayyorgarlik ko‘rishga imkon beradi. 17 yoshli va 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Jahon chempionati 2021-yilning Xalqaro musobaqalari taqvim rejasiga, shuningdek zamonaviy beshkurash bo‘yicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlari hamda Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tayyorlash rejasiga kiradi.