TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1411

@mpfuz

O’zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi

Ikusaldiak371Ikusaldi kopurua
Argitaratuaira. 30(a)2021/09/30 (15:39)
Edukia

Argitalpenaren edukia

Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga, Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga, Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga, Ota-ona fanosin aylantirar baqoga, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal, Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal, Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal, Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati, Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati, Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati, Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati. Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘. Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida, Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida, Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida, Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida, Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.