Argitalpenaren edukia
Misrning Iskandariya shahrida oʻtayotgan zamonaviy beshkurash boʻyicha U-17 jahon chempionatidan yana bir xushxabar. Samira Abzalovadan soʻng yigitlar oʻrtasida oʻtgan saralash bosqichida hamyurtimiz Asliddin Baxtiyorov ham final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. “A” guruhida ishtirok etgan yurtdoshimiz bahslar davomida jami 1321 ochko (qilichbozlik 222, toʻsiqlardan o’tish 303, suzish 278 lazer-ran 518) jamgʻarishga erishdi. Endi u bugun boʻlib oʻtadigan final bosqichida medallar uchun kurashadi. — Ещё одна хорошая новость с чемпионата мира по современному пятиборью U-17, который проходит в Александрии (Египет). Вслед за Самирой Абзаловой путёвку в финал завоевал и Аслиддин Бахтиёров. Наш соотечественник, участвовавший в группе "А", за время соревнований набрал в общей сложности 1321 очко (фехтование 222, преодоление препятствий 303, плавание 278, лазер-ран 518). Теперь он будет бороться за награды в финале, который состоится уже сегодня.