Argitalpenaren edukia
Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 25-avgustdan navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi. Toshkent shahrida oʻtayotgan mashgʻulotlarga Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida ishtirok etadigan asosiy jamoa vakillari jalb etilgan. Yigʻin 15-sentyabrga qadar davom etadi. Shundan soʻng jamoa birinchilardan boʻlib Xanchjou shahriga yoʻl oladi. Taqvimga koʻra, mazkur sport turidagi bahslar ochilish marosimidan avval boshlanadi. 20-24-sentyabr kuniga belgilangan bellashuvlarda hamyurtlarimiz Osiyo oʻyinlarining medallari qatori Parij-2024 Olimpiadasining yoʻllanmalari uchun ham kurash olib borishadi. — Сборная Узбекистана по современному пятиборью с 25 августа начала очередные УТС. К тренировкам, проходящим в Ташкенте, привлечены представители основной сборной, которая примет участие в Азиатских играх Ханчжоу-2022. Сборы продлятся до 15 сентября. После этого команда отправится в Ханчжоу. Согласно календарю, соревнования по данному виду спорта стартуют до церемонии открытия. В состязаниях, намеченных на 20-24 сентября, наши соотечественники будут бороться как за медали Азиады, так и за путёвки на Олимпийские Игры 2024 года в Париже.