Argitalpenaren edukia
Toshkent viloyatida zamonaviy beshkurashning toʻrtkurash yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtdi. Bahslar qilichbozlik, suzish va lazer-ran (yugurish va oʻq otish) yoʻnalishlarida oʻtkazildi. Kutilganidek, yoshlar toifasida kechgan bellashuvlarda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati finalchisi Samira Abzalova gʻalaba qozondi. Oʻsmirlar oʻrtasida esa Mubina Qodirjonova zafar quchdi. Yigitlar toifasida Asliddin Baxtiyorov oʻsmirlar, Doniyor Rahimov esa yoshlar oʻrtasida oltin medallarni qoʻlga kiritdi. Yakunda eng koʻp sportchisi shohsupaga koʻtarilgan Andijon viloyati jamoasi bosh sovringa ega chiqdi. Qayd etish joiz, ushbu musobaqa yangi mavsum oldidan oʻz yosh toifalarida terma jamoaga nomzod sportchilarni saralab olish imkoniyatini taqdim qildi. — В Ташкентской области состоялся розыгрыш Кубка Узбекистана среди юниоров и молодёжи по современному пятиборью в направлении четырёхборья. Соревнования проводились по фехтованию, плаванию и лазер-рану (бег и стрельба). В соревнованиях среди молодёжи победу одержали финалистка юниорского чемпионата мира Самира Абзалова, а также Дониёр Рахимов. А среди юниоров золотых наград удостоились Мубина Кодиржонова и Аслиддин Бахтиёров. По итогам турнира главный приз достался команде Андижанской области. Стоит отметить, что данные старты стали своего рода отборочными в состав сборной страны перед важными состязаниями нового спортивного сезона.