TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Metrodagi yo'lovchi
Metrodagi yo'lovchi avatar

TGINSIGHT POST

Post #810

@yo_lovchi94

Metrodagi yo'lovchi

Ikusaldiak235Ikusaldi kopurua
Argitaratuamar. 4(a)2026/03/04 (16:34)
Edukia

Argitalpenaren edukia

📚 Uch og‘a-ini — yurakni larzaga soladigan roman... Erix Mariya Remarkning Uch og‘a-ini asari — bu shunchaki uch do‘st haqida hikoya emas. Bu urushdan keyingi avlodning yo‘qotilgan yoshliklari, singan orzulari va so‘nmagan umidlari haqida bitilgan iztirobli qissa. Robert, Otto va Gottfrid — hayotning eng og‘ir sinovlaridan o‘tgan uch yurak. Ularni na qashshoqlik, na zamon notinchligi ajrata oladi. Chunki ular uchun do‘stlik — tirik qolishning o‘zi. Robert va Patrisiya o‘rtasidagi muhabbat esa asarga nozik, ammo fojeaviy ohang beradi. Ba’zan sevgi — najot, ba’zan esa eng og‘riqli sinov… 💬 O‘lishni istaguninggacha yashab o‘tgandan ko‘ra, yashashni istagan paytingda ko‘z yumganing yaxshiroq. Hech bir kimsa sen avval sevgan insoning kabi begonaroq bo‘la olmaydi. Nima sababdan hozirgi yoshlar juda g‘alati? Tarixdan nafratlanasiz, bugunni mensimaysiz, kelajakka esa befarqsiz. Bu oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi. Agar sevgiling bilan umrbod ajralishsang, u haqida chinakamiga qiziqa boshlaysan. Sevgining parodokslaridan biri. Baxt nimaligini faqatgina baxtsiz biladi. Baxtli inson xuddi maniken kabi hayot quvonchlari qurshovida bo‘ladi: u faqatgina bu quvonchlarni namoyish etadi xolos. Lekin bu quvonchlar unga berilmagan. Chiroqlar yorug‘likda nur taratmaydi, u faqat yorug‘likda ziyo sochadi. Baxt haqida besh daqiqa so‘zlash mumkin, undan ortiq emas. Sen o‘zingni baxtliligingdan ortiq hech nima deya olmaysan. Baxtsizlik haqida esa insonlar tongdan kun botgunga qadar so‘zlab berishlari mumkin. Ahmoq bo‘lib tug‘ilish sharmandalik emas. Biroq ahmoq bo‘lib o‘lish uyatdir. Inson o‘z aqlini ko‘z-ko‘z etayotganini ko‘rishdanda zerikarliroq tomosha yo‘q. Ayniqsa, zarracha ham aql yo‘q bo‘lsa. Inson qanchalik ibtidoiylashgan bo‘lsa, o‘zi haqidagi fikri ham shuncha osmonda bo‘ladi. Ayol — sizga metall buyum emas. U — bir gul kabi. U jiddiy munosabatni istaydi. Unga quyosh kabi qizdiruvchi shirin so‘zlar kerak. Yaxshisi unga har kuni qandaydir yoqimli so‘z ayting. Tavba qilish — dunyodagi eng foydasiz narsa. Hech nimani ortga qaytara olmaysan. Hech nimani to‘g‘rilay olmaysan. Aks holda barchamiz aybsiz avliyolarga aylangan bo‘lar edik. Hayot bizlarni mukammalga aylantirish uchun berilmagan. Kimki mukammal bo‘lsa, uning joyi muzeyda. Bu asar sizni sukutga cho‘mdiradi. O‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt o‘ylantiradi… 🤍 🚇📖Agar bu fikr yo‘lda sizga hamroh bo‘lsa — kanalga obuna bo‘ling.