TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Metrodagi yo'lovchi
Metrodagi yo'lovchi avatar

TGINSIGHT POST

Post #812

@yo_lovchi94

Metrodagi yo'lovchi

Ikusaldiak196Ikusaldi kopurua
Argitaratuamar. 7(a)2026/03/07 (08:07)
Edukia

Argitalpenaren edukia

Dadaxon Muhammadiyevning “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan “Kechikkan yoʻlovchi” kitobida ma’lum bir sanalarga, voqealarga bagʻishlangan she’rlar kam uchraydi. Shoir faqat oʻzi bilgan, ishtirok etgan voqealarga ishoralar qiladi, oʻsha jarayondagi kechinmalarni tasvirlaydi va bu tasvirning oʻziyoq oʻquvchiga lirik kayfiyatni yuqtira oladi. Sen maktublar yozasan har kech, O‘qimayman ularni ammo. Men termayman raqamingni hech, Kelishingni kutaman hamon. (16-bet) Bu kayfiyat ketish va qolish orasida ikkilanib turgan, izhorga lab juftlagan-u, aytishga istihola qilib turgan lirik qahramonning kayfiyatidir. Maylimi ketmasam, Maylimi qolsam. Korsam bu zamonning bebosh zaylini? Sizga keng, menga tor kelgan dunyoning, Bir chetida yashab qolsam maylimi? (19-bet) Yoki: Ketish taraddudi bariga qodir, Uning bu yerlardan ketgisi bordir. … Qolsa toqat yoqdir, yursa, yol qahat, Ketish taradudi tinch qoymas faqat. (69-bet) Aytish lozimki, “Kechikkan yoʻlovchi” toʻplamining boshlanmasidan xotimasiga qadar bu kayfiyat saqlangan. Bunday holat boshqa ijodkorlarda uchrashi qiyin. Shoirning hech kimnikiga oʻxshamagan kayfiyati bor va bu kayfiyat she’rdan she’rga sayqallanib boradi. Shoir she’rlarida yoʻl va poyezd motivlari alohida ajralib turadi. Lirik qahramon doim taraddudda: goh yoʻl boshida turibdi, goh ketib boʻlgan poyezd ortidan qarab qolgan, goh poyezdda keta turib, xayoli vokzalda qolib ketgan... bu motivlardan lirik kayfiyatni tasvirlashda unumli foydalanadi. Poyezdda haliyam bitta o‘rin bo‘sh, (30-bet) *** Poyezdlar ketyapti orqaga, (35-bet) *** Umid eng oxirda so‘ndi yo‘l qarab. (36-bet) *** Qaytar yo‘ling yo‘l emas. (64-bet) Shoir oʻzi istagan kayfiyatni tasvirlash uchun yoʻlovchi — lirik qahramonni poyezdlardan atay “kechiktiradi”. Bu “gʻalatilik” she’rda oʻta tabiiy tuyuladi. Axir kuzatgani kelsangchi tezroq, Poyezd bizni kutib turmaydi axir. (78-bet) *** Poyezd ketib bo‘ldi. Endi qaytamiz. Kechikkan yo‘lovchi ne kechar holing? (85-bet) *** Ba’zi o‘rinlarda yangi topilmalar qilganligi ham ko‘zga tashlanadi. Osmon birdan qarsillab sinar, (47-bet) *** Soyaning ko‘ngli yarim. (59-bet) *** Yelvizakda uchadi dardlar. (68-bet) *** O‘rtada ishq – o‘gay singlimiz… (76-bet) *** Bechora temirlar qayerdan bilsin. (78-bet) *** Osmon ko‘z yoshlarin sidirib oldi. (88-bet) *** Ko‘lmakda shalvirab yotgan barg bo‘lib. (88-bet) *** Dadaxon Muhammadiyev — ayni bir lirik kayfiyat ustida badiiy izlanishlar qilayotgan, uni tobora sayqallab borayotgan shoir. Uning muttasil taradduddagi lirik qahramoni oʻquvchiga nimani anglatmoqchi? “Kechikkan yoʻlovchi” bizga shu haqda soʻzlaydi. 😎Metrodagi yo‘lovchi