TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Metrodagi yo'lovchi
Metrodagi yo'lovchi avatar

TGINSIGHT POST

Post #817

@yo_lovchi94

Metrodagi yo'lovchi

Ikusaldiak213Ikusaldi kopurua
Argitaratuamar. 11(a)2026/03/11 (16:11)
Edukia

Argitalpenaren edukia

#bilarmidingiz Jeyn Ostin va £10 voqeasi ✍️ 2017-yilda Angliya banki buyuk adiba Jeyn Ostin vafotining 200 yilligiga bagʻishlab yangi 10 funt sterlinglik banknotani muomalaga chiqardi. 🖼 Unda yozuvchi tasviri hamda “Andisha va gʻurur” asaridan quyidagi iqtibos aks etgandi: “Aminmanki, mutolaadan zavqliroq mashgʻulot yoʻq!” 📎 Bir qarashda hammasi joyida. Ammo pul muomalaga chiqishi bilan adabiyotshunoslar va kitobxonlar Angliya bankini tanqid qila boshlashadi. 🔅 Ba’zilar hatto “xuddi Gitlerning tinchlik haqidagi gapini yozganga oʻxshabdi” deya munosabat bildirishadi. 📑 Gap shundaki, mazkur iqtibos asarda ijobiy qahramon emas, Karolayn nomli munofiq ayol tilidan aytilgan. U aslida mutolaani xushlamas, janob Darsiga yoqish uchungina shunday soʻzlarni aytgandi. 🎤 Siz nima deb oʻylaysiz, asarda bu gapni kim aytgani muhimmi yoki uning kontekstdan tashqaridagi ma’nosimi? @bankvamarifat — birgalikda yaxshiroq