TGINSIGHT CHAT
Doston Jonuzoqov
@dostonaudiokitoblar
TechnologiesMening bitiklarim, mening tanqidlarim, mening yechimlarim. Dasturchining mantiqi, otaning mehri va insonning izlanishlari mujassam bo'lgan maskan. Xatolar — bu dasturning yangi versiyasiga yo'l.
Viimeisimmät julkaisut
Sivu 1 / 31 · 372 julkaisua
Julkaistu 26.5.
Birovning qimmatbaho mashinasiga, chet eldagi sayohatiga yoki ideal oilasiga hasad qilyapsizmi? Unda adolatli bo'ling. U erishgan yutuqlarga qo'shib, uning uyqusiz tunlarini, to'kkan ko'z yoshlarini, qarzdorliklarini, xiyonat va stresslarini ham o'zingizga qabul qilishga rozi bo'ling! Agar kimgadir berilgan yutuqning asl narxini to'lashga tayyor bo'lmasangiz, uning yakuniy natijasiga hasad qilishga haqqingiz yo'q. Chunki har bir yelkaga faqat o'zi ko'tara oladigan sinov yuklangan. Doston Jonuzoqov
Julkaistu 26.5.
Bog‘langan fil Hindistonda fil bolasini kichkina paytida qalin arqon bilan daraxtga bog'lab qo'yishadi. Fil bolasi qancha tortqilamasin, uzolmaydi. Ongida arqonni uzib bo'lmaydi degan tushuncha shakllanadi. Fil katta bo'ladi. U tonnalab og'irlikka, butun boshli daraxtni qo'porib tashlash kuchiga ega bo'ladi. Lekin uni haliyam o'sha ingichka arqon ushlab turadi. U tortib ko'rmaydi ham. Ota-onamiz va maktab tizimi bizga ham kichikligimizda tavakkal qilma, yiqilasan, jim o'tir, och qolasan degan arqonlarni bog'lagan. Hozir siz katta odamsiz. Sizda kuch, aql, internet, resurslar bor. Lekin sizni o'sha bolalikdagi qo'rquv arqoni ushlab turibdi. Arqonni uzib tashlang, u sizning kuchingiz oldida shunchaki ipdir. Doston Jonuzoqov
Julkaistu 26.5.
Arafa muborak
Julkaistu 21.5.
Ko'zini yopish bilan dunyodagi yovuzlikni yo'q qila olmaysiz. Eng yaxshi himoya — ko'zini ochib, bu yovuzlik aslida qanday ishlashini tushuntirib berishdir. Hayot yozilmagan kodlardan iborat dunyodagi eng qiyin, grafikalari eng ajoyib, ammo shunga qaramay mutlaqo taslim bo'lishga haqqingiz yo'q bo'lgan eng katta o'yindir. … davomi
Julkaistu 21.5.
Chalg'ish va e'tibor Biz oilada farzandimiz bilan suhbatlashganda 🍔 har doim ularning ko'ziga qarab 🚗 diqqatimizni faqat ularga qaratishimiz 🎧 shart. Matn orasiga qo'shib yuborilgan mantiqsiz belgilar diqqatingizni bo'ldimi? Asosiy fikrni yo'qotib qo'ydingizmi? Siz xodimingiz yoki bolangiz bilan gaplashayotganda ha, eshityapman deb telefoningizni titkilab o'tirsangiz, ular ham sizning gaplaringizga xuddi shunday munosabatda bo'lishadi. E'tibor talab qilyapsizmi? Avval uni o'zingiz to'liq bering. Chalg'ituvchi belgilarni yig'ishtiring. Doston Jonuzoqov
Julkaistu 20.5.
Tenglama Uyda har kuni o'rtacha 3 soat ekran (telefon, tv) qarshisida o'tirasiz. Bolangizga har kuni kamida 15 daqiqa kitob o'qi, foydasi bor deb nasihat qilasiz. 1 yilda sizning nasihatlaringiz = 91 soat. Lekin bola kuniga 3 soat ekran ko'rayotgan sizni ko'radi. 1 yilda u sizdan oladigan vizual namuna = 1,095 soat! 91 soat so'z, 1,095 soatlik amaliy yomon namunani hech qachon yenga olmaydi. O'sha 15 daqiqa nasihat o'rniga, o'zingiz uning ko'z oldida 15 daqiqa kitob o'qing. Shunda tenglama sizning foydangizga ishlaydi. Doston Jonuzoqov
Julkaistu 20.5.
15 soniyali qullik Yigit darsdan charchab kelib, dam olish uchun instagramga kiryapti. 15 soniyali kulgili videolar, yengil hazillar, chiroyli qizlar. Miya tez va oson dofaminga to'yib ketyapti. Shunchaki yarim soat dam olaman deb kirgan odam, o'zi sezmagan holda ikki soat vaqtini o'ldiryapti. Ertasi kuni kitob o'qimoqchi bo'lyapti. Lekin miya 15 soniyada almashadigan yorqin kadrlarni, oson qabul qilinadigan hislarni talab qilyapti. Kitobdagi qora harflar zerikarli tuyulyapti. Darsni o'rtada tashlab, yana telefonga yopishyapti. Asta-sekin qiyin muammolarni yechishdan qochish odatga aylanyapti. O'tirib mehnat qilish, uzoq muddatli hunar o'rganish unga malol kelyapti. Miyasi faqat tezkor yechimlarni xohlab qolgan yigit, yengil pul topish yo'llarini qidiryapti. Instagramdagi bir kunda boyib ketganlarga, yaltiroq hayot egalariga havas qilib, oson daromad qidirib qimorga kirib ketyapti. Oson pul topaman deb borini tikyapti. Yutqazyapti. Qarzga botyapti. Uydagi tinchlik yo'qolyapti. Ota-ona qon yutyapti. Farzand oila uchun suyanchiq emas, azobga aylanyapti. Lekin yigit haliyam aybni o'zidan emas, omadi kelmaganidan qidirib, yupanch axtarib yana o'sha videolarga sho'ng'iyapti. Bitta ijtimoiy tarmoq bitta yigitning intellektini, irodasini va butun boshli kelajagini kemirib bitiryapti. iltimos, qisqa videolardan qoching. Doston Jonuzoqov
Julkaistu 19.5.
Erni boy qiladigan ham qaro yer qiladigan ham xotin 1970-yillarning boshi. Tor, sovuq va zax g'ildirakli treylerda yosh ingliz tili o'qituvchisi xotini bilan yashar edi. Uning oilasi shunchalik qashshoq ediki, qishda uyni isitishga, ba'zan hatto dori-darmonga pul topa olishmasdi. Yozuvchilikka ishtiyoqmandi bo'lgan bu yigitning alohida ish stoli ham yo'q edi — u qoralamalarini kir yuvish mashinasi ustiga qo'yib yozardi. Kunlarning birida uning xayoliga g'alati bir syjetli voqea keladi. Voqealar markazida maktabda doim kamsitiladigan, sinfdoshlari ustidan kuladigan, uyda esa mutaassib va dindor onasi tomonidan tinimsiz ruhiy bosimlarga duch keladigan o'smir qiz turardi. Ammo bu bechora qizning bir daxshatli siri bor edi, u kuchli his-tuyg'ular va g'azab ta'sirida narsalarni masofadan boshqarish (telekinez) qobiliyatiga ega edi. Yillar davomida yig'ilgan nafrat va alam maktabning bitiruv oqshomida, kutilmagan paytda vulqondek portlab, butun shaharchani qonli va olovli qirg'iniga duchor qilishi kerak edi. Yigit bu g'oyadan ilhomlanib yozishga kirishadi. Bir bet, ikki bet, uch bet... Ammo to'satdan u yozishni to'xtatdi. Qalamini otib yubordi. Uning ichida kuchli shubha va umidsizlik uyg'ondi: "Men o'smir qizlarning psixologiyasini umuman tushunmayman! Ularning o'y-xayollari, his-tuyg'ularini qanday yozishni bilmayman. Bu asardan hech narsa chiqmaydi..." G'azab, charchoq va pulsizlikdan ezilgan yozuvchi qo'lidagi uch varaq qoralamani g'ijimlab, axlat chelagiga uloqtiradi. O'sha lahzada u o'zining kelajagini, dunyo tan oladigan shoh asarni axlatga tashlaganini bilmasdi. U shunchaki taslim bo'lgan edi. Kechqurun uning rafiqasi uyni yig'ishtirayotib, axlat chelagidagi g'ijimlangan qog'ozlarni ko'rib qoladi. Ayol ularni olib, avaylab tekislaydi va o'qishni boshlaydi. Erining yozganlari uni shunchalik o'ziga tortib ketadiki, oxiriga qanday yetib kelganini bilmay qoladi. U erining oldiga kelib, tekislangan qog'ozlarni uning oldiga qo'yadi. "Bu juda ajoyib g'oya," deydi ayol ishonch bilan. "Sen buni albatta oxiriga yetkazishing kerak. Qizlarning kiyimlari, gap-so'zlari va o'y-xayollari masalasida esa o'zim senga yordam beraman." Ayolining ishonchi va ruhiy daldasi tufayli yigit asarni qaytadan boshlaydi va oxiriga yetkazadi. Kitob nashriyotlarga yuboriladi. Dastlab rad javoblari keladi, ammo oxir-oqibat bir nashriyot uni chop etishga rozi bo'ladi. Va shundan so'ng... kambag'al yozuvchi hayoti 180 darajada o'zgarib ketadigan voqea yuz beradi. Kitob sotuvi barcha rekordlarni yangilaydi. Ushbu asarning cho'ntakbop varianti (paperback) huquqlari o'sha davr uchun aql bovar qilmas summa — 400 000 dollarga sotiladi. Qashshoq ingliz tili o'qituvchi bir kechada millionerga, kitob esa jahon adabiyoti va kinosining eng yorqin, eng dahshatli klassikasiga aylanadi. Axlat chelagidan qaytib chiqib, millionlab o'quvchilarni larzaga solgan o'sha mashhur asarning nomi — "Kerri", o'zining eng shoh asarini axlatga tashlab yuborishiga bir baxya qolgan o'sha qashshoq o'qituvchi esa — bugungi kunda "Dahshatlar qiroli" deb e'tirof etiluvchi afsonaviy Stiven King edi. @kitob_ombori
Julkaistu 19.5.
Fazilatni majburiyatdan farqlashni o'rganamiz Fazilat - insonga xos ma'naviy yetuklik. Ya'ni, bir inson qilishga majbur bo'lmagan yaxshi ishni qilishi fazilat deyiladi. Aksariyatimiz majburiyat bilan fazilatni o'rnini alishtirib yuboramiz. Er oilasini ta'minotini qiladi, fazilatli ish qilyapman deb o'ylaydi. Xotin erining xizmatini qiladi, fazilatli ish qilyapman deb o'ylaydi. Aslida esa har ikkisi ham yelkasidagi majburiyatini qilayotgan bo'ladi. Bu birinchi xato. Ikkinchi xato esa, biz fazilatli ish qilmasdan turib insonlardan fazilat kutib yuramiz. Xodim rahbaridan oyligiga bonus kutadi, "bersa bo'lardi-ku, arzimagan pul bo'lsa", deydi. Lekin vazifalarni muddatidan oldin bajarishni o'ylab ham ko'rmaydi. Xotin eridan uy ishlarida ko'mak kutadi, "shundoq ham yotibdi-ku, kelib yordamlashsa nima qilarkan", deydi, Lekin ta'minotda yordamlashishni o'ylab ham ko'rmaydi. Yoki teskarisi, Rahbar xodimidan ishdan keyin ham qolib ishlashni kutadi, lekin rejadan tashqari gaplashib, dardini eshitishni o'ylamaydi, Er xotinidan ota-onasiga boshqacha e'tibor va xizmat xohlaydi, lekin uy ishlariga bo'sh vaqtida yordamlashishni o'ylab ham ko'rmaydi. Fazilatli ishlarni qilishdan oldin, fazilat va majburiyatni farqlab olishimiz kerak. Oldin o'zimizga qaraylik, majburiyatimizni bajaryapmizmi yoki fazilatli ish qilyapmizmi? Agar fazilatli ish qilib turib ham fazilat kutayotgan bo'lsa, fazilatli ish qilmayapmiz, Shunchaki, maqsadimizga yetish uchun manipulyatsiya qilyapmiz xolos.
Julkaistu 15.5.
Yoʻq.... Shunchaki yashay olmaysan. Ich etingni kemiraveraman. Hayolingni yarim tunda fath etib, tark etmayman. Oxirgi nafasingda ham meni eslaysan va armoningga aylanganimni tushunasan. Kimsan deysanmi? Qachonlardir oʻzingga yarim tunda va'da berib, erishishga urinmagan orzuyingman. Hayotda hamma narsaga erishsang ham nimadir kamdek, yetishmayotgandek tuyulaveradi. Oʻshanda yodingga tushsam ajab emas Bir umr men haqimda oʻylab, men tomon bir qadam ham ranjida qilmagan sen yetisha olmagan potensialingman. Senga shunchalar yaqin va ayni vaqtda shunchalar uzoq edimki, tasavvur ham eta olmaysan. Bir qadam tashlasang oldingga shamoldek yelardim, ammo na iloj... Meni zoye qilding Soʻzing amalingga toʻgʻri kelmadi. Meni faqat soʻzda istading... Soʻzda qumsading Shaxmatda qora donadan ilk qadamni kutgandek yashading. Endi esa yaxshi oʻynay olmaslikda meni ayblaysan... Sababi oʻyin qoidalarini bilmas eding. Bilmas edingki, orzuga uni kutib erishmaydilar. Endi oʻsha oʻrtacha hayotingda rohatga gʻarq boʻlib yashayver. Chunki orzu qilish endi senga begona. Senga hozirgi yashash tarzing ham boʻlaveradi. Qoniqasan. Ammo sening maksimaling bu emasligini juda yaxshi bilasan. Lekin endi hayot yelkangga ortib qoʻygan masʼuliyatlarni bahona qilib, nimaga qodir ekaningni unutib yuborish payidasan. Unda omon boʻl... Qatʼiyatliroq birortasiga omad shohsupasiga chiqishiga yordam beray... Afsus bilan, sening zoye qilingan potensialing)) @fikriyya_alim
Julkaistu 30.4.
42 yoshli qizimdan. 2065 - yildan (1996 - 2026) - yillar orasidagi dunyo qarashi bilan tarbiyalangan dadasiga yozgan maktub. Maktubni ochish Doston Jonuzoqov
Julkaistu 30.4.
Vaqtni qanday sarflash o'zimizga bog'liq. Ba'zida vaqtim yo'q degan gapni shunchalik ko'p eshitamizki, bu shunchaki oson bahonaga aylanib qoladi. Ammo yonimizda shunday odamlar borki, ular vaqt topilishini kutmaydi, uni o'zlari yasaydilar. Kichkina ukam Diyor shundaylardan biri. U endigina 2-kurs talabasi. Lekin uning bitta kuni qanday o'tishiga e'tibor qiling: soat 14:00 gacha universitetda, 19:00 gacha Agrobankda amaliyotchi dasturchi. Kun tugadimi? Yo'q. U qolgan vaqtini o'zining eng sevgan san'ati — video va motion dizayn ustaxonasida o'tkazadi. Diyor uch yillik tajribaga ega montaj ustasi. Mening loyihalarim uchun ham yani yuqoridagi videolarni ham u aynan o'sha bo'sh vaqtlarida yaratib bergan. Bugun uning hobbysi allaqachon chegaralarni buzib o'tgan. O'zbekistondan tashqari London, Polsha, Latviya davlatlaridagi insonlarga ham loyihalar qiladi. Hozirda Polshadagi xalqaro agentlikda doimiy editor bo'lib ishlaydi. Agar sizga quruq videoni jonli va ta'sirchan hikoyaga aylantira oladigan sifatli mutaxassis kerak bo'lsa, hech ikkilanmay unga murojaat qilishingiz mumkin. Bilaman, Diyor, o'zi shusiz ham umuman vaqting yo'q. Portfolioga ham video qo'yishga vaqting yoq. Lekin men bunday ishonchli va sifatli xizmatni o'z obunachilarimdan qizg'ana olmadim! 😊 barcha videolarini ko'rish uchun. Bosing Doston Jonuzoqov