TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Takaisin kanaviin
FORISH TUMANI HOKIMLIGI avatar

TGINSIGHT CHAT

FORISH TUMANI HOKIMLIGI

@forishtumani

Politics

Web sayti: https://gov.uz/oz/forish Murojaat uchun telefon: 72 452-17-95; Murojaat uchun: https://www.facebook.com/Forishtumanihokimligi https://www.instagram.com/forishtumanihokimligi/

Tilaajat4.6万Nykyiset tilaajat
Seuratut julkaisut1,005Indeksoitujen julkaisujen määrä
Viimeaikainen tavoittavuus4,816Viimeaikaisten näyttökertojen summa
Viimeisimmät julkaisut

Viimeisimmät julkaisut

Sivu 1 / 84 · 1,005 julkaisua

Julkaistu 19.4.

Videoreportaj:Aholi murojaatlari bilan ishlashda Jizzax tajribasi samara bermoqda Jizzax viloyatida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi izchil takomillashtirilib, ijobiy natijalar bermoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tashabbusi bilan joriy etilgan tartibga ko‘ra, haftaning ikkinchi shanbasi mahallalarda murojaatlar bilan ishlash, oyning uchinchi shanbasi shahar va tuman hokimlarining, to‘rtinchi shanbasi esa viloyat hokimining shaxsiy qabullari o‘tkazilmoqda. Qabullar jarayonida fuqarolarning kommunal, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy masalalari atroflicha ko‘rib chiqilib, ko‘plab murojaatlar joyida hal etilmoqda. Ayrim murakkab masalalar esa nazoratga olingan. Fuqarolar murojaatlariga bo‘lgan e’tibor va amaliy yechimlardan mamnunligini bildirmoqda. Ushbu tizim aholi muammolarini tezkor hal etish va davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

123 views

Julkaistu 19.4.

Assalomu alaykum, hurmatli jizzaxliklar! Kun xayrli bo‘lsin! 📆 Bugun: 19-aprel. Yakshanba. 📅 Yilning: 109-kuni ⏳ Yil yakuniga: 256 kun qoldi 📜 Tarix sahifalaridan: Bugun tarixda iz qoldirgan qator voqealar sodir bo‘lgan: 🫥1850-yil — Angliya va AQSH oʻrtasida Panama kanalini birgalikda qurish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi (keyinchalik Qoʻshma Shtatlar kanalni mustaqil qurishga qaror qildi); 🫥1897-yil - birinchi Boston marafoni oʻtkazildi; 🫥1919-yil - Lesli Leroy Irvin birinchi qayd etilgan samolyotdan erkin yiqilish, keyin esa parashyutni ishga tushirdi; 🫥1928-yil - birinchi Oksford inglizcha lugʻati nashr etildi; 🫥1933-yil - Qoʻshma Shtatlarda oltin standartning bekor qilinishi. 🕯BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR ✨1933-yilda amerikalik kino aktrisasi (“Bu qiz yordam bera olmaydi”, “Oʻgʻri” filmlari) Jeyn Mansfild tugʻildi. Aktrisa Barbi qoʻgʻirchogʻining prototipiga aylandi, deb ishoniladi; ✨Alan Prays 1942-yilda tugʻilgan - ingliz rok musiqachisi, The Animals guruhining klaviaturachisi; ✨Anna Gerasimova (Umka) 1961-yilda tugʻilgan, rossiyalik qoʻshiqchi va rok musiqachisi. “Umka va Bronevik” guruhining solisti; ✨Jeyms Edvard Franko 1978-yilda tugʻilgan, amerikalik aktyor va rejissyor. Filmlardagi mashhur rollar: “Oʻrgimchak odam”, “Jeyms Din”, “Hrav suti” va boshqalar; 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

135 views

Julkaistu 18.4.

E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Jizzax viloyatidan Biznes uchun 156 ta Davlat mulkini ijaraga oling 🔹 Arnasoy tumani - 11 tа (ko'rish 🔹 Baxmal tumani - 10 ta (ko'rish) 🔹 G'allaorol tumani -12 tа (ko’rish) 🔹 Sh.Rashidov tumani -6 ta (ko’rish) 🔹Do'stlik tumani- 34 tа (ko'rish) 🔹 Zomin tumani -11 tа (ko'rish) 🔹 Zarbdor tumani -7 tа (ko'rish) 🔹 Mirzacho'l tumani - 9ta (ko'rish) 🔹 Zafarobod tumani-8 tа (ko'rish) 🔹 Paxtakor tumani- 6 tа (ko'rish) 🔹 Forish tumani -12 tа (ko'rish) 🔹 Yangiobod tuman -12 ta (ko'rish) 🔹 Jizzax shahar - 18 tа (ko'rish) *Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan. Ma'lumot uchun: ☎️ (71) 202 21 11 📱+998992073608 📱+998992072608 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

441 views

Julkaistu 18.4.

Jizzax viloyatida axborot-kommunikatsiya sohasi barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 14,8 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,7 foizga o‘sganini ko‘rsatadi. Mazkur ijobiy dinamika hududlar kesimida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatida ushbu sohada ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 171,7 mlrd so‘mga yetgan. Bu raqam viloyatda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, internet qamrovini kengaytirish va zamonaviy axborot xizmatlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi ekanini anglatadi. So‘nggi yillarda Jizzax viloyatida telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini taqdim etish hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa nafaqat aholiga qulaylik yaratib, balki tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ham yanada jadallashtirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, raqamli xizmatlar hajmining ortishi hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, IT sohasiga yoshlarni jalb etish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda. Qayd etish joizki, mamlakat miqyosida ushbu ko‘rsatkichlar o‘sishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi. Jizzax viloyati ham bu jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘z ulushini izchil oshirib bormoqda. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

415 views

Julkaistu 18.4.

Videoreportaj: Kommunal soha fidoyilari — sokin qahramonlar Kommunal soha xodimlari — shahar hayotini uzluksiz ta’minlab turgan ko‘rinmas qahramonlardir. Ular har kuni erta tongdan ko‘chalarni tartibga keltirib, aholiga suv, issiqlik va yorug‘lik yetkazib beradi. Qanday ob-havo bo‘lishidan qat’i nazar, ular o‘z vazifasiga sodiq qolib, jamiyat farovonligi yo‘lida mehnat qiladi. Ayniqsa, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar minglab oilalar tinchligi ortida turgan asosiy kuchdir. Liftlar ishlashi, yo‘laklar tozaligi, uylardagi qulaylik — bularning barchasi ularning mehnati samarasidir. Shu bois kommunal soha fidoyilari har qancha e’tirofga munosib, jamiyatning eng fidoyi va mas’uliyatli vakillaridir. 📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

440 views

Julkaistu 18.4.

Zominda “aqlli qishloq xo‘jaligi”ga start beriladi Yurtimizda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, tarmoqqa innovatsion yechimlar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohada zamonaviy yondashuvlarni keng tatbiq etish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda boshqaruv tizimini takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Jizzax viloyatining Zomin tumanida “aqlli qishloq xo‘jaligi” yo‘nalishida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boshlandi. — Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorlikni oshirishning eng muhim omiliga aylanmoqda. – deydi Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev loyiha yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib. – “Aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasi orqali tumanda yer resurslaridan foydalanishni to‘liq shaffof va aniq tizimga o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Raqamli xarita asosida har bir gektar yer bo‘yicha aniq ma’lumot shakllanadi. Dronlar va sun’iy intellekt esa ekinlar holatini real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradi. Eng muhimi, qarorlar tezkor va ilmiy asosda qabul qilinadi. Uning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus hosildorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va tuman qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Loyihaning eng muhim jihati respublikada ilk bor “raqamli qishloq xo‘jaligi xaritasi”ni yaratish orqali yagona intellektual ma’lumotlar bazasini shakllantirishdir. Ushbu pilot loyiha orqali yer maydonlari va qishloq xo‘jaligi resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona tizimga jamlanadi hamda boshqaruv samaradorligi oshiriladi. Shuningdek, zaxiradagi yaylov va lalmi maydonlar to‘liq raqamlashtirilib, dronlar orqali ekinlar holati, tuproq namligi, zararkunandalar va kasalliklar tarqalishi, sug‘orish jarayonlari real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Bu fermer va dehqonlarga tezkor va aniq qaror qabul qilish imkonini kengaytiradi. Ilg‘or texnologiyalar joriy etilishi doirasida hosildorlikni prognoz qilish, sun’iy intellekt elementlaridan foydalanish hamda aerokosmik monitoring orqali yerlar holatini baholash kabi zamonaviy yechimlar tatbiq etiladi. Natijada resurslardan tejamkor foydalanish ta’minlanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi va sifati oshiriladi. Mutaxassislar fikricha, bunday innovatsion loyihalar qishloq xo‘jaligini industrial rivojlanish bosqichiga olib chiqib, hududlar iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

376 views

Julkaistu 18.4.

FORIS TUMANIDA TASHKIL ETILGAN NAVBATDAGI AHOLI QABULI 📝 Forish tuman Xalq qabulxonasida Forish tumani hokimi Soxib Islamov huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tuman bo'limi rahbarlari ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. 📝 Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari bevosita ishtirok etib, fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlarni joyida hal etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar izlandi. 📝 Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan elektr energiya, gaz ta’minoti, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, ichimlik suvi ta’minoti, tadbirkorlik uchun kredit ajratish, bandlik masalasi, sport zal qurib berish va shu kabi boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi. 📝 Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar tegishli rahbarlarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi. 📝 Joylarda tashkil qilinayotgan bunday sayyor qabullar aholi tomonidan iliq kutib olinib, ularni qiynab kelayotgan masalalarini hal etishda qulaylik yaratilayotganligidan mamnun ekanligini bildirdi. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 😎Instagram😎Telegram / 🕸Websayt / 😎Facebook / 😎YouTube

453 views

Julkaistu 18.4.

Jizzax viloyatida sel xavfi bo‘lishi mumkin Joriy yilning 18–23 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar munosabati bilan Jizzax viloyatining bir qator tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet” tomonidan rasmiy ogohlantirish e’lon qilindi. Ma’lum qilinishicha, kuchli yomg‘irlar natijasida ayrim hududlarda suv to‘planishi, kichik soy va ariqlarning toshishi ehtimoli yuqori. Jumladan, viloyatning Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish hamda Yangiobod tumanlari xavf hududlari sifatida qayd etilmoqda. Mazkur tumanlar asosan tog‘ oldi va tog‘li relyefga ega bo‘lib, bunday tabiiy sharoitlarda qisqa vaqt ichida yog‘gan kuchli yomg‘ir sel kelishi xavfini oshiradi. Shu bois, ayniqsa tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam olish maqsadida tabiat qo‘ynida bo‘layotgan fuqarolar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan haydovchilardan alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Mutaxassislar aholiga zarurat bo‘lmaganda xavfli hududlarga bormaslik, suv oqimlariga yaqin joylarda to‘xtamaslik, shuningdek, ob-havo ma’lumotlarini muntazam kuzatib borishni tavsiya etmoqda. Favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa tegishli xizmatlar ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday ogohlantirishlar ehtimoliy xavfning oldini olish va insonlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Jizzax viloyatida ham bu borada tegishli xizmatlar tomonidan nazorat va tayyorgarlik choralari kuchaytirilgan. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

404 views

Julkaistu 18.4.

G’ALABA, E’TIROF VA YANGI MARRALAR SARI QADAM ⛹️ Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan nufuzli sport musobaqasi Forish tumani sport maktabi jamoasi uchun katta muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Basketbolning 3x3 yo‘nalishida ishtirok etgan yosh sportchilarimiz yuqori mahorat va jamoaviy uyg‘unlik namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 🥇 Musobaqa davomida ular raqib jamoalarga nisbatan ustun o‘yin ko‘rsatib, qat’iyat va intilishlari bilan ajralib turdilar. Ushbu g‘alaba nafaqat tuman sporti rivojiga qo‘shilgan munosib hissa, balki yoshlarimizning xalqaro maydonga dadil qadam qo‘yayotganidan dalolat beradi. 🏀 Mazkur yutuq evaziga Forish tumani sport maktabi jamoasi Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu esa sportchilarimiz uchun yanada katta sinov va yangi zafarlar sari muhim qadam bo‘lishi shubhasiz. ⛹️‍♂️ Shuningdek, ushbu yoshlar ham tuman hokimi Soxib Islamov tomonidan alohida e’tirof etilib, ularning yuksak g‘alabasi hamda tuman sha’ni uchun ko‘rsatgan fidoyiligi munosib qadrlanib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bu e’tibor sportchilarimizga yanada katta ishonch va ilhom bag‘ishlashi tabiiy. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 😎Instagram😎Telegram / 🕸Websayt / 😎Facebook / 😎YouTube

624 views

Julkaistu 18.4.

YOSHLAR G’ALABASI: FORISHDA CHEMPIONLAR KO’PAYMOQDA 🏆 Forish tumanida sportga bo‘lgan e’tibor va e’tirof yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Tuman hokimi Soxib Islamov bir guruh iqtidorli sportchi yoshlarni tantanali ravishda taqdirladi. 🚴 Ayniqsa, trek yo‘nalishida Filippin davlatida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida yoshlar o‘rtasida “scratch” dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan forishlik sportchi Chingiz Cho‘liyev alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi. 🥇 Musobaqa davomida 7,5 km masofaga mo‘ljallangan, keskin va murosasiz bahsda Chingiz Cho‘liyev Koreya, Yaponiya hamda Xitoy kabi kuchli raqiblarni ortda qoldirib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Uning bu yutug‘i nafaqat tuman, balki mamlakat sporti uchun ham muhim natija sifatida baholandi. 🚴‍♂️ Shuningdek, sportchining ushbu yuksak natijalarida munosib hissa qo‘shgan ustozlari ham alohida e’tirof etilib, ular ham taqdirlandi. ⚡️ Tadbir yakunida tuman hokimi tomonidan sportchimizning yuksak natijalari munosib qadrlanib, u diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bu e’tibor yosh sportchilar uchun yanada katta marralarni zabt etishga kuchli rag‘bat bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 😎Instagram😎Telegram / 🕸Websayt / 😎Facebook / 😎YouTube

571 views

Julkaistu 18.4.

DIQQAT E’LON! ➡️ 2026-yil 21-aprel kuni soat 15-00 da Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi Forish tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. ➡️ Sessiya kun tartibiga tuman hayotiga oid bir qator masalalar kiritilgan. ➡️Manzil: “Bog‘don” shaharchasi Sh.Rashidov ko‘chasi 3-uy. Tuman hokimligi majlislar zali. Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi.

425 views

Julkaistu 18.4.

Videoreportaj: Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida muhim masalalar muhokama qilindi Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jamoat xavfsizligi va aholi farovonligiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ijrosi hamda Prezident qarorlari asosidagi islohotlar muhokama qilindi. Shuningdek, uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, budjet ijrosi, soliq intizomi, suv resurslari, chiqindilarni boshqarish va yo‘l xavfsizligi masalalariga ham e’tibor qaratildi. Yakunda deputatlik so‘rovlari ko‘rib chiqilib, Kengash komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. 📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|

409 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
EdellinenSivu 1 / 84Seuraava