TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Takaisin kanaviin
SHAHRIXON TUMAN 3-SON TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

SHAHRIXON TUMAN 3-SON TEXNIKUMI

@shahrixon_3_texnikum

Education

Andijon viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi Shahrixon tuman 3-son texnikumining rasmiy telegram kanali

Tilaajat95Nykyiset tilaajat
Seuratut julkaisut983Indeksoitujen julkaisujen määrä
Viimeaikainen tavoittavuus1,701Viimeaikaisten näyttökertojen summa
Viimeisimmät julkaisut

Viimeisimmät julkaisut

Sivu 1 / 82 · 983 julkaisua

Julkaistu 22 päivää sitten

So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarida xavfsizlik va nazorat – bosh mezon! Tumandagi barcha maktablarda"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda tadbirlarni ko‘ngilsiz hodisalar va turli salbiy holatlarsiz, tinch hamda xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar belgilangan. Shahrixon tuman 3-son texnikumi ma’muriyati hamda guruh rahbarlari tomonidan alohida nazorat tadbirlari tashkil etildi. ​ Texnikum o‘quvchilarining maktablardagi tadbirlarga asossiz jalb etilishining oldini olish, ularning begona hududlarda tartibbuzarliklar yoki ko‘ngilsizliklarga aralashib qolmasligini ta’minlash. Texnikum direktori va direktor o‘rinbosarlari va guruh rahbarlari tumandagi maktablarda o‘tkazilayotgan tadbirlarni bevosita nazorat qilmoqdalar.​ O‘quvchilarning darslardagi ishtiroki va tartib-intizomi qat’iy nazoratga olingan. ​Tadbirlarda ishtirok etmaslik va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. https://t.me/shahrixon_3_texnikum.

25 views

Julkaistu 22 päivää sitten

Ta'lim muassasalarida ,,Yoshlar o'rtasida giyoxvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish" yuzasidan òtkaziladigon profilaktik tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida Shahrixon tuman 3-son texnikumida Shahrixon tuman Davlat Sanitariya Epidiomologiya Nazorat Maskani bosh mutaxassisi B.Sattorov o'quvchi yoshlar ishtrokida giyoxvand moddalar iste'moli uning salbiy ijtimoiy oqibatlari haqida giyoxvandlik alomatlari kuzatilganda ta'lim muassassi mutasaddilari tomonidan birinchi navbatda kòriladigan chora-tadbirlar hususida suxbatlar va psixotrop hamda giyoxvand moddalar iste'molining ayanchli oqibatlari, Òzbekiston Respublikasi Jinoyat kòdeksda belgilangan chora-tadbirlar xususida suhbatlar olib borildi. Davra suhbatida o'quvchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxasis tomonidan yetarlicha javoblar berildi. https://t.me/shahrixon_3_texnikum.

27 views

Julkaistu 22 päivää sitten

♟ SHAXMAT TAXTASI — TAFAKKUR MAYDONI. Shahrixon tuman 3-son texnikumi o‘quvchi-yoshlarning o’rtasida intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy va strategik fikrlash doirasini kengaytirish hamda ularning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shaxmat bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur aqliy bellashuvlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularda mustaqil va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda muassasada iqtidorli talabalarni saralab olish tizimini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi. Oq va qora donalar kesishmasida kechgan murosasiz va qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra, eng yuqori natija va ko‘rsatkichlarni qayd etgan o‘quvchilar hakamlar hayati tomonidan munosib baholandi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy va sport yo‘nalishidagi loyihalar muassasada talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni vatanparvarlik va yuksak ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. https://t.me/shahrixon_3_texnikum.

132 views

Julkaistu 22 päivää sitten

Shahrixon tuman 3-son texnikumida pedagog-xodimlar va o‘quvchilar ishtirokida ertalabki badan tarbiya mashqlari o‘tkazildi. Shahrixon tuman 3-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida pedagog-xodimlar va o‘quvchilar ishtirokida ertalabki badan tarbiya mashqlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajarib, kunni tetiklik va ko‘tarinki kayfiyatda boshladilar. Ertalabki badantarbiya mashqlari inson salomatligini mustahkamlash, ish va o‘qish samaradorligini oshirish, shuningdek sog‘lom hayot tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. https://t.me/shahrixon_3_texnikum.

156 views

Julkaistu 24 päivää sitten

🏀 SHAHRIXON TUMAN 3-SON TEXNIKUMIDA BASKETBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI. Shahrixon tuman 3-son texnikumida o'quvchi yoshlar o‘rtasida sportning basketbol turi bo‘yicha qiziqarli va murosasiz musobaqa tashkil etildi. Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va jamoaviy o‘yin mahoratini namoyon etdilar. Har bir uchrashuv yuqori kayfiyat, sportga xos do‘stona muhit hamda kuchli raqobat ostida o‘tdi. Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan jamoalar va o‘yinchilar alohida e’tirof etilib, sportning yoshlar hayotidagi o‘rni yana bir bor ta’kidlandi. Bunday sport tadbirlari texnikum jamoasining jismoniy faolligini oshirish bilan birga, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. https://t.me/shahrixon_3_texnikum.

183 views

Julkaistu 24 päivää sitten

Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi. ⚡️ SHANBA-SPORT KUNI DOIRASIDA BADANTARBIYA MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI. 2026-yil 23-may kuni Shahrixon tuman 3-son texnikumida O’zbekiston Respublikasi Sh.Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘quvchi-yoshlar hamda pedagog hodimlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda kunni tetik kayfiyatda boshlash maqsadida turli mashqlarni bajarishdi. Shuningdek, jamoaviy mashqlar orqali o‘quvchilarda intizom, birdamlik va faollik yanada mustahkamlandi. Mazkur tadbir yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni sportga keng jalb etish hamda kunni samarali boshlashga xizmat qilmoqda. https://t.me/shahrixon_3_texnikum.

272 views

Julkaistu 25 päivää sitten

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrixon tuman 3-son texnikumida 2026-yil 22- may kuni guruxlar o'rtasida sportning o'g'ir atletika turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur sport tadbiri texnikum o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, jamoaviylik, chaqqonlik va epchillik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi. Musobaqada turli guruhlardan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etib, o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslar olib bordilar. O‘yin jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini namoyon etdilar. https://t.me/shahrixon_3_texnikum

249 views

Julkaistu 25 päivää sitten

Maʼnaviyat va maʼrifat — taraqqiyot poydevori. Shahrixon tuman 3-son texnikumida pedagog xodimlar ishtirokida navbatdagi siyosiy-maʼrifiy soat tashkil etildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar siyosati, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning ahamiyati hamda jamiyat hayotidagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Siyosiy-maʼrifiy soat davomida pedagog xodimlarga bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, taʼlim tizimidagi yangilanishlar va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni asrash, maʼnaviy tahdidlarga qarshi immunitetni mustahkamlash hamda jamoada sog‘lom maʼnaviy muhit yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. https://t.me/shahrixon_3_texnikum

97 views

Julkaistu 25 päivää sitten

Shahrixon tuman 3-son texnikumida pedagog xodimlar hamda o‘quvchilar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashqlari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ertalabki badantarbiya mashqlari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda kunni tetiklik bilan boshlashda muhim аҳамият kasb etadi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajarib, sog‘lom hayot sari yana bir qadam tashladilar. Texnikum jamoasi tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan bunday tadbirlar yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom muhit yaratishga xizmat qilmoqda. https://t.me/shahrixon_3_texnikum

241 views

Julkaistu 26 päivää sitten

SHAHRIXON TUMAN 3-SON TEXNIKUMIDA RAXBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI. Joriy yilning 21 -may kuni Shahrixon tuman 3-son texnikumida Shahrixon tuman IIB boshlig'i S.R. Umarov xamda o'rinbosari J.S.Mirzarahimov ishtirokida yoshlar bilan huquqiy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir Giyohvandlik va jonoyatchilikga qarshi kurashish, yoshlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda zararli illatlarning oldini olishga qaratildi. Uchrashuv davomida soʻzga chiqqan S.R Umarov giyohvandlikning inson salomatligi, oila mustahkamligi va jamiyat barqarorligiga salbiy taʼsiri haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, ularni isteʼmol qilish va tarqatish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi. https://t.me/shahrixon_3_texnikum

78 views

Julkaistu 26 päivää sitten

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrixon tuman 3-son texnikumida 2026-yil 21-may kuni Voleybol musobaqasi tashkil etildi. Mazkur sport tadbiri texnikum o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, jamoaviylik, chaqqonlik va epchillik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi. Musobaqada turli guruhlardan tuzilgan jamoalar faol ishtirok etib, o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslar olib bordilar. O‘yin jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini namoyon etdi. Tomoshabinlar tomonidan sportchilarga faol qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatildi, bu esa musobaqaga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. https://t.me/shahrixon_3_texnikum

171 views

Julkaistu 26 päivää sitten

Raxbar va yoshlar uchrashuvi-kelajak sari muhim qadam ! Shahrixon tuman 3-son texnikumida payshanba-"Yoshlar kuni"munosabati bilan oʻquvchi-yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, ularning qiziqish va salohiyatlarini aniqlash hamda kelajakda toʻgʻri kasb tanlashlariga koʻmaklashish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir texnikum direktori L.Xakimov boshchiligida oʻtkazildi. Davra suhbati davomida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar, zamonaviy mutaxassisliklar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bitiruvchi oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar. Mazkur tadbir yoshlarning ongli ravishda kasb tanlashlari, kelajakda oʻz oʻrnini topishlari hamda jamiyatda munosib oʻrin egallashlariga xizmat qiladi. https://t.me/shahrixon_3_texnikum

70 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••808182
EdellinenSivu 1 / 82Seuraava