TGINSIGHT CHAT
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
@terduiff
EducationFakultet dekani: Achilov N. +998919053542 Registrator ofis menejeri: Xoliyorov M. +998975518151 Yoshlar masalasi bo'yicha dekan o'rinbosari: Bobomurodov I. +998937922525
Viimeisimmät julkaisut
Sivu 1 / 43 · 514 julkaisua
Julkaistu 19.6.
⭐️Termiz davlat universitetida "Rektor stipendiyasi" uchun qabul boshlandi! 📑TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR • Pasport nusxasi • Maʼlumotnoma (obyektivka) • Transkript nusxasi • Dekan va ilmiy rahbar tavsiyanomasi • Ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari • 3x4 rasm • Kafolat xati ⏳Muddat va manzil: Hujjatlar 2026-yilning 15-iyuliga qadar qabul qilinadi. 📍Manzil: TerDU, Registrator ofis xizmat ko'rsatish bo'limi. 📞Bog'lanish uchun: +998 88 533 33 77 @hamidov11 🚀Bilimingizni qadrlang, TerDU bilan cho'qqilarni zabt eting! Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Julkaistu 18.6.
Julkaistu 13.6.
🟢 Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalarning haq to‘lanadigan amaliyotini tashkil etish va bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash yuzasidan seminar tashkil etildi. 🟢 Termiz davlat universiteti Karera markazi xodimlari tomonidan haq to'lanadiga amaliyotni tashkil etish, korxonalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish haqida seminar ishtirokchilariga ma’lumot berildi. 🟢 Shuningdek, Universitet KPI tizimi ko‘rsatkichlarida “Kelajakka qadam” loyihasi va bitiruvchilarning bandligini mezon sifatida kiritilganligi ham aytib o‘tildi.
Julkaistu 10.6.
🎓#Himoya_2026 📅 2026-yil 10-iyun | 🕙 10:00 👤Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi! 🍎Achilov Nuriddin Abdugafforovich Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash majlisida “Al-Hakim at-Termiziy ta’limoti vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. 🎓13.00.01 – Pedagogika nazariyasi bo’yicha pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan mazkur ilmiy tadqiqot ishi o‘zining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati bilan e’tirof etildi. 🎉TerDPI jamoasi nomidan Achilov Nuriddin Abdugafforovichni ushbu yuksak ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tilaymiz! ✍️TerDPI matbuot xizmati ✅Facebook🌐Veb sayt📹Youtube🌐Instagram✅Telegram
Hashtags
Julkaistu 10.6.
Ҳурматли Сарвиноз Менгалиевна! Сизни бугунги қутлуғ айёмингиз — таваллуд айёмингиз билан чин қалбдан муборакбод этаман! Илмий ва раҳбарлик фаолиятингиздаги улкан муваффақиятлар доимо сизни ҳамроҳ бўлсин. Оилангиз бағрида, фарзандларингизнинг роҳатини, камолини ва бахтини кўриб юриш насиб этсин. Чиройингизга чирой, умрингизга умр қўшилсин. Туғилган кунингиз муборак бўлсин!
Julkaistu 9.6.
#StopKorrupsiya ⏩Xabar ber – adolatni ta’minla! ◀️Mazkur videorolik orqali jamiyatimizda halollik, adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan muhim g‘oyalar ilgari surilgan. 📣Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️Bosh prokuraturaning ishonch telefoni – 1161; ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253; ☎️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishonch telefoni –1006, [email protected] pochta. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram
Julkaistu 2.6.
❗️❗️❗️❗️❗️ 📚TerDUda Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlandi! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 5-maydagi 182-sonli buyrug‘iga asosan Prezident va nomdor davlat stipendiyalari tanlovi yo‘nalishlari tasdiqlandi. 🔔Nomdor davlat stipendiyalari universitetning bakalavriat bosqichi oxirgi 2-bosqichida tahsil olayotgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar uchun ajratiladi. ✅Talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi asosan “a’lo” bo‘lishi, “yaxshi” baholari esa umumiy fanlarning 25 foizidan oshmasligi lozim. 🏅Quyidagi davlat stipendiyalari uchun hujjatlar qabul qilinadi: ✅Navoiy nomli davlat stipendiyasi ✅ Beruniy nomli davlat stipendiyasi ✅ Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi ✅ Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi ✅ Bobur nomli davlat stipendiyasi ✅ Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi 📍Hujjatlar 2026-yilning 15-iyul sanasigacha universitet Registrator ofis bo'limida qabul qilinadi. 📎Yo‘nalishlar ro‘yxati 🗣️Yo‘riqnoma 📲📞Bog'lanish uchun: +998 88 533 33 77 @hamidov11 Bizni kuzating Telegram| Instagram | FacebookYou tube | Sayt
Julkaistu 2.6.
“Milliy TV” telekanali tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda real voqealar asosida “O‘tkir tergov” ko‘rsatuvining 1-qismi tayyorlandi. Ko'rsatuvda yirik jinoiy guruhning korrupsiya, firibgarlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish bilan bog'liq qilmishlari haqida hikoya qilinadi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Julkaistu 2.6.
#yozgi_semestr#qayta_oʻqish Akademik qarzdorligi (yoki fanlar farqi) mavjud bo‘lgan talabalar diqqatiga! 2025/2026-oʻquv yili yozgi semestr (qayta o‘qish) jarayonlari: ✔️kunduzgita'lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan 1-2-kurs talabalari uchun joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar. ✔️ qolgan barcha ta'lim shakllari bo'yicha tahsil olayotgan 1-, 2-, 3-, 4– va 5-kurs talabalari uchun joriy yilning 1-iyun kunidan 31-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar tashkil etiladi. Yozgi semestrda ishtirok etish uchun: 1. kontrakt.edu.uz platformasi orqali kredit-shartnomasini shakllantiring va belgilangan to‘lovni amalga oshiring. 2. Joriy yilning 4-iyun kuniga qadar registrator.tersu.uz axborot tizmidan onlayn ro‘yxatdan o‘ting. Yozgi semestr (qayta o‘qish) odatda quyidagilarni beradi: - GPA (o‘zlashtirish ko‘rsatkichi)ni belgilangan talab darajasiga chiqarish; - grantlar tanlovida ishtirok etish imkonini olish; - akademik qarzdorlikni yopish (yiqilgan yoki o‘zlashtirilmagan fanlarni qayta o'zlashtirish); - bahoni yaxshilash va umumiy reytingni oshirish; - keyingi kursga muammosiz o‘tish uchun shartlarni bajarish. ❌ Kredit-shartnomasida belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan talabalar registrator.tersu.uz axborot tizmidan ro‘yxatdan o‘ta olmaydi va ularga yozgi semestrda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi! 📌kredit-shartnomasini shakllantirish va onlayn ro‘yxatdan o'tish bo'yicha video yo'riqnoma👇 🎬kredit-shartnomasini shakllantirish 🎬onlayn ro‘yxatdan o'tish Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha registratorofis_botga murojaat qilishingiz mumkin. Telegram
Hashtags
Julkaistu 31.5.
🇫🇷🇯🇵🇲🇽🇩🇪🇺🇸 OECD Internship Programme - xalqaro tashkilotda haq to‘lanadigan amaliyot imkoniyati! 🌍 Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni xalqaro amaliyot dasturida ishtirok etishga taklif etadi. 📍 Amaliyot joylari: Parij (Fransiya) Tokio (Yaponiya) Berlin (Germaniya) Mexiko (Meksika) Vashington (AQSH) Ayrim hollarda masofaviy (online) format ⏳ Davomiyligi: 1 oydan 6 oygacha 💶 Moliyaviy ta’minot: amaliyotchilarga oyiga taxminan 1000 yevro miqdorida stipendiya (allowance) to‘lanadi. 👨🎓 Kimlar qatnashishi mumkin? ✅ Bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida tahsil olayotgan talabalar; ✅ OECD faoliyati bilan bog‘liq yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan nomzodlar; ✅ Ingliz yoki fransuz tilini yaxshi biluvchilar. 📅 Arizalar yil davomida qabul qilinadi. 🌐 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://www.oecd.org/en/about/careers/internships.html 📌 Termiz davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi talabalar va yosh tadqiqotchilarni ushbu nufuzli xalqaro amaliyot dasturida faol ishtirok etishga chorlaydi.
Julkaistu 27.5.
🕋 Қурбон ҳайити муборак бўлсин! Ассалому алейкум! Бу муборак кунлар хонадонларингизга файзу барака, қалбларингизга сокинлик ва оилавий ҳаётингизга гўзал саодат олиб келсин. 🌷 Аллоҳ таоло бу улуғ кунларда қилган барча эзгу амалларингизни, ихлос билан адо этган ибодат ва дуоларингизни Ўз даргоҳида ҳусни мақбул айласин. Хонадонингиздан шукр, сабр ва хотиржамлик аримасин.
Julkaistu 27.5.
Ассалому алайкум кадрли устозлар хамда талабалар. Сизларни Курбон хайити билан табриклайман. Барча ниятларингиз амалга ошишига тилакдошман.