🔻SEGUI LA PRESENTAZIONE DEI ONEPLUS 9 CON NOI🔻
#OP#OP9PRO#OP9R#LIVE
Siamo felici di annunciarvi che, come per OnePlus 8 ed 8T commenteremo Live presentazione di OnePlus 9 oggi dalle ore 14:30.
Quest'anno abbiamo deciso di utilizzare ben 2 piattaforme per lo streaming, infatti saremo Live sia su YouTube che su Twitch.
📝 Per ricordarvi dell'evento vi consigliamo attivare la campanella sulla vostra piattaforma preferita tramite i link sottostanti.
Vi aspettiamo numerosissimi!
🟣LIVE TWITCH (principale)
🔴LIVE YOUTUBE
📝 Dalle 14:45 gruppi verranno chiusi per spostare le discussioni in live
—
Il nostro canale 👉🏻@oneplusguide
I nostri gruppi 👉🏻@oneplusitcommunity
Dasturni testlash jarayonlari, xUnit bilan amaliyot
Bugungi stream ham nasib qilsa ajoyib o'tadi. Sababi, navbatdagi mehmonimiz siz tanigan, bilgan tajribali dasturchilar sirasiga kiradi. Eng qizig'i, suxbat davomida ko'tariladigan mavzu ko'pchilikni qiynashga ulgurgan. Ushbu qiyinchiliklarni ustozimiz bilan birga yengillashtiramiz. Xullas, streamda ko'rishguncha!
🔗 Havola: zoom
👨🏫 Mentor:Wahid Abduhakimov
#unittest#mentoring#live#stream
.NET Uzbekistan Community
______
Telegram | Instagram | Youtube
🔴#LIVE#MINEXTashkent
#2_sessiya
🗣️“Men yaxshi bilamanki, O‘zbekiston hukumati kritik minerallar sohasini strategik ahamiyatga ega deb biladi. Bu esa ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekiston biz uchun nihoyatda muhim hamkor. Kritik minerallar sohasida biz allaqachon bir necha oydan buyon mustahkam hamkorlik olib boryapmiz. Xususan, biz O‘zbekiston bilan muhim xomashyo bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzoladik.
Shuni ham aytib o‘tmoqchimanki, AQShning Geologik xizmat agentligi 2019-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda. Biz ushbu hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz va O‘zbekistonda AQSh kompaniyalarining bozorga kirishi hamda kengayishini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
Biz AQSh kompaniyalariga ishonchli hamkorlar topishda, moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishda yordam beramiz. Eksport-import banki va AQSh Taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) tomonidan kritik minerallar va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ustuvor moliyalashtirish dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, biz bu hamkorlik istiqbollari borasida juda optimistik ruhdamiz va O‘zbekiston bilan munosabatlarimizni yanada chuqurlashtirishni intiqlik bilan kutmoqdamiz”.
👤AQShning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili, elchi o‘rinbosari Xezer Byornsning MINEX Central Asia 2025 forumining 2-sessiyasidagi nutqidan.
🗄🗄🗄🗄
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
🔴#LIVE#MINEXTashkent
#2_sessiya
🗣️“O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan bir paytda, Buyuk Britaniya tajriba, investitsiya va texnologiyalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor. Ishonamizki, birgalikda hamkorlik orqali ikki mamlakat uchun ham yangi imkoniyatlarni ochishimiz mumkin”, — dedi Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart MINEX Central Asia 2025 doirasida bo‘lib o‘tgan 2-sessiyada.
➡️“O‘zbekistonning kritik minerallar bo‘yicha global ta’minot zanjirlaridagi yetakchiligini mustahkamlash” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu sessiyada qazib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bosqichlarini birlashtirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish jarayonini tezlashtirish bo'yicha muhokama olib borildi.
✅TMK Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziyev ushbu jarayonda TMKning rivojlangan infratuzilmasi hamda milliy darajadagi muvofiqlashtirilgan yondashuvi muhim asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston kamyob va strategik ahamiyatga ega metallar sohasida mintaqaviy markazga aylanish yo‘lida dadil qadam tashlar ekan, sessiyada strategik hamkorliklar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning mamlakatdagi kritik foydali qazilmalar ekotizimini rivojlantirishdagi o‘rni, xalqaro hukumatlar va institutlarning O‘zbekistonni global ta’minot zanjirlariga integratsiya qilishdagi roli atroflicha muhokama qilindi.
🔘Bundan tashqari, O‘zbekistonning sanoat siyosati va rivojlanish strategiyalarining xalqaro hamkorlarning o‘zgarayotgan ustuvor yo‘nalishlari hamda ta’minot zanjirlari barqarorligi bilan qanday uyg‘unlashayotgani masalasiga ham e’tibor qaratildi.
🗄🗄🗄🗄
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
🔴#LIVE#MINEXTashkent
#1_sessiya
🗣️”Men bugun, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bo‘lgan munosabatlarimizga alohida e’tibor qaratmoqchiman. O‘zbekiston biz uchun ishonchli qo‘shni, yaqin hamkor va birodar davlat hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida bizning eng muhim savdo-iqtisodiy sheriklarimizdan biri bo‘lib, mintaqadagi tovar aylanmasining 57 foizi ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ikki tomonlama savdo hajmi to‘rt milliard AQSh dollaridan oshdi, bu esa 2021-yilga nisbatan 15 foizlik o‘sishni anglatadi.
Sizda mavjud bo‘lgan foydali qazilmalar sektori biz uchun eng istiqbolli yo‘nalishlardan biridir.
Hozirda biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan kritik minerallar sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha taklif ustida ishlayapmiz.”
👤Qozog‘iston Respublikasi Sanoat va qurilish vaziri o'rinbosari Iran Sharxanning MINEX Central Asia 2025 forumining 1-sessiyasidagi nutqidan.
🗄🗄🗄🗄
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
🔴#LIVE#MINEXTashkent
#1_sessiya
🗣️“Bugun dunyo tub o‘zgarishlar bosqichiga kirgan. Barcha davlatlar “yashil”, raqamlashtirilgan va barqaror kelajak sari intilmoqda. Quyosh panellari, elektromobillar va raqamli infratuzilmalar kabi texnologiyalar esa kritik xom ashyolarsiz — litiy, mis, nodir yer elementlarisiz — mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Bu materiallar endi oddiy xomashyo emas. Ular bizning iqlim maqsadlarimiz, iqtisodiy raqobatbardoshligimiz va tobora ortib borayotgan geosiyosiy barqarorligimizni ta’minlaydigan strategik resurslardir.
Yevropa Ittifoqi bu sohani o‘zining ustuvor yo‘nalishiga aylantirdi. Biz mahalliy, xavfsiz va barqaror ta’minot zanjirlariga sarmoya kiritmoqdamiz.
Ammo bu yo‘lni hech bir davlat yoki mintaqa yolg‘iz bosib o‘tolmaydi. Barqarorlik sari yo‘l — hamkorlik, birgalikda sarmoya kiritish va umumiy mas’uliyat asosida bo‘lishi kerak.
Shu bois Yevropa Ittifoqi butun dunyo bo‘ylab ishonchli hamkorlar bilan aloqalarni kuchaytirmoqda. O‘zbekiston esa bu jarayonda muhim sherikdir.
Bugungi muhokamalarda ham ko‘rganimizdek, O‘zbekiston keng geologik boyliklar va jadal rivojlanayotgan kon-metallurgiya sanoatiga ega. Sizlar qazib olishda o‘zingiz egalik qilishni, o‘z sanoatingizni rivojlantirishni, ish o‘rinlari yaratishni, malaka va bilimlarni shakllantirishni, hamda qiymat zanjiri bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilishni xohlaysiz.
Yevropa taklifining tub mohiyati ham aynan shu.
Biz bu yerga faqat resurs qazib olish uchun kelmadik. Biz uzoq muddatli sheriklikni istaymiz — bu sarmoya, qiymat yaratish va o‘zaro manfaat asosidagi sheriklikdir”.
👤Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaarning MINEX Central Asia 2025 forumining 1-sessiyasidagi nutqidan.
🗄🗄🗄🗄
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
🔴#LIVE#MinexTashkent
#1_Sessiya
🟦🟦 Ayni paytda "Muhim foydali qazilmalar ekotizimlarini shakllantirish maqsadida mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklik" mavzusidagi sessiya boshlandi.
💠 Mazkur sessiyaga "Silk Road Advisory" bosh direktori va asoschisi Vladimir Norov moderatorlik qilmoqda.
Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring.
🗄🗄🗄🗄
✅TMK matbuot xizmati
🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
🔴#LIVE: Foreign Minister Sergey #Lavrov chairs UN Security Council debate on effective multilateralism through defence of principles of #UN Charter
📍 New York, April 24
🔗https://twitter.com/mfa_russia/status/1650501926985801731
🔗https://www.ruptly.tv/en/events/202304241400-LIVE14110-Lavrov-chairs-Security-Council-debate-on-effective-multilateralism-through-defence-of-principles-of-UN-Charter-first-part
🔗https://mid.ru/en/press_service/video
#UNCharterIsOurRules
👍👍👍👍👍
🔴#LIVE#SKICHS_40_yoshda#bayram_shukuhi
Bayram tadbiri davomida taklif etilgan mehmonlar ham sex jamoasini bayram bilan tabrikladi.
Tantana “Uchquduq” madaniyat saroyining ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiq bilan davom etdi.
😊 "Navoiyuran" DK PR xizmati
📱Web-site |📱telegram|📱youtube|📱instagram|📱facebook
👍
👍
👍
👍
👍
🔴#LIVE#SKICHS_40_yoshda#bayram_shukuhi
🟢Shundan so'ng, korxonadagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, O‘zbekiston Respublikasining jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda sana munosabati bilan sex ishchi-xodimlaridan 5 nafari “Korxona Faxriysi” unvoni, 6 nafari III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, 18 nafari korxona bosh direktorining Faxriy yorliqlari va Tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
🟢Shuningdek, 6-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi Qo'mitasining esdalik sovg'alari topshirildi.
😊 "Navoiyuran" DK PR xizmati
📱Web-site |📱telegram|📱youtube|📱instagram|📱facebook
👍👍👍👍👍
🔴#LIVE#SKICHS_40_yoshda#bayram_shukuhi
➡️Tadbir avvalida korxona Bosh direktori Djamal Fayzullayevning sex mehnat jamoasiga yo‘llagan tabrigini korxona Bosh muhandisi Anvarjon Saparov o’qib eshittirdi.
🟢Tabrikda ta’kidlanganidek, 1985-yil 20-oktabr kuni ishga tushirilgan mazkur sex bugungi kunda “Navoiyuran” davlat korxonasining strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy bo‘linmalaridan biri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uran mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida eng muhim kimyoviy reagent sanalgan sulfat kislotasi bilan barqaror ta’minlashda sexning o‘rni beqiyosdir.
Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi tashkil etilganining 40 yillik tantanasi — bu nafaqat sanoat tariximizdagi muhim sana, balki jamoamiz hayotidagi ulug‘ bayram, ibratli mehnat yo‘lining ramzidir.
😊 "Navoiyuran" DK PR xizmati
📱Web-site |📱telegram|📱youtube|📱instagram|📱facebook
👍👍👍👍👍
🔴#LIVE#SKICHS_40_yoshda#bayram_shukuhi
➡️ Ayni damda Uchquduq tumanidagi tantanalar maskanida “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi tashkil topganligining 40 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
🟢Shodiyonada “Navoiyuran” DK hamda ishlab chiqarish maydoni va sex rahbariyati, muhandis-texnik xodimlar, Uchquduq tumani hokimligi mutasaddilari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishmoqda.
😊 "Navoiyuran" DK PR xizmati
📱Web-site |📱telegram|📱youtube|📱instagram|📱facebook