🔻ECCO I DISPOSITIVI CHE RICEVERANNO OXYGENOS 12 E RELATIVE BETA🔻
#OOS#NEWS#S
Dopo mesi di speculazioni, ecco una lista UFFICIALE dei dispositivi che riceveranno OxygenOS 12:
• OnePlus Nord 2 5G
• OnePlus 9 Pro
• OnePlus 9
• OnePlus Nord CE 5G
• OnePlus 8T
• OnePlus Nord
• OnePlus 8 Pro
• OnePlus 8
• OnePlus 7T Pro
• OnePlus 7T
• OnePlus 7 Pro
• OnePlus 7
Pierre
—
Il nostro canale 👉🏻@oneplusguide
I nostri gruppi 👉🏻@oneplusitcommunity
#news
Tramp Vashingtonda favqulodda holat e’lon qilish bilan tahdid qilmoqda
Bu haqda u Truth Social nashrida yozdi.
Oq uy rahbarining yozishicha, uning boshchiligidagi federal hukumat mamlakat poytaxtini qamrab olgan “to‘liq jinoiy tartibsizlik”ga aralashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar tufayli Vashington bir necha hafta ichida “AQSHning eng xavfli shaharlaridan biridan eng xavfsiz shaharlaridan biriga” aylandi: “Bu joy yana gullab-yashnamoqda, restoranlar, do‘konlar va korxonalar gavjum va o‘n yilliklarda birinchi marta jinoyat sodir bo‘lmayapti”.
Shu bilan birga, prezident shahar meri Myuriyel Bouzerning “xavfli” noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish va joylashtirish masalalarida Metropolitan politsiya departamenti va ICE (AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati) o‘rtasidagi hamkorlikni to‘xtatish haqidagi qaroridan xavotir bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar federal hukumat bunga ruxsat bersa, jinoyatchilik yana ortadi.
"Vashington aholisi va bizneslariga, xavotir olmanglar. Men siz bilanman va bunga yo‘l qo‘ymayman. Men favqulodda holat e’lon qilaman va kerak bo‘lsa, mamlakatni federallashtiraman!!!...Amerikani yana buyuk qilamiz", - dedi prezident.
@boredpandablog
#news
Bitta savol qiynayapti: Nega Vengriya qarshi? qolgan davlatchalar ahamiyatga ega emasam, Vengriyani munosabati qiziq, garchi bu hujjat real siyosiy kuchga ega boʻlishiga shubha qilsamda.
@boredpandablog
#news
Discord endi Nepal parlamentiga aylandi
Bu hazil emas. 100 mingdan ortiq a’zoga ega eng yirik server mamlakatni kim boshqarishini hal qilmoqda.
Tafsilotlarga ko'ra,
— Adminlar allaqachon harbiylar bilan muzokaralar olib borib, vaqtinchalik rahbar lavozimiga sobiq Oliy sud raisi Sushila Karkini nomzod qilib ko‘rsatishgan;
— Adminlar orasida maktab o‘quvchilari bor, ularning ba’zilari esa aynan shu yili maktabni tugatganlar bor;
— Ularning serverdagi muhokama va qarorlaridan endi Nepalning yirik OAVlari iqtibos keltiryapti;
— So‘z erkinligi tufayli munozaralar tez-tez tartibsiz xabarlar oqimiga aylanib ketmoqda;
— Moderatorlar bir vaqtning o‘zida zo‘ravonlikka chaqiriqlar, trollar va chet ellik foydalanuvchilarga qarshi kurashmoqda.
XXI asr ijtimoiy tarmoqlar davri deganda, men bu yangiliklar birinchi Nepalda bo'ladi deb o'ylamagandim:)
@boredpandablog
#news
55 yoshli IT mutaxassisi boshliqdan eng nozik usulda o‘ch olgani uchun 4 yillik qamoq jazosigahukm qilindi
U oldindan ishxona serveriga "o‘lim tugmasi" kodini o‘rnatadi - bu skript uni ishdan bo‘shatishsa, hamkasblarining profillarini o‘chirib, barcha serverlarni ishdan chiqaradigan dastur edi.
Aynan shunday holat yuz berdi: bir kuni undan noutbukni topshirishni so‘rashdi va uning profilini to‘sib qo‘yishdi. Xuddi shu lahzada butun dunyo bo‘ylab minglab xodimlar ish tizimlariga kira olmay qolishdi.
Kompaniya yuz minglab dollar zarar ko‘rdi va u tez orada qo‘lga olindi - u skriptga o‘z ismini (so‘zma-so‘z) bergan edi.
@boredpandablog
#news
Chorvoq 2.0
Janubiy Surxon suv ombori hududida 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi qurilarkan.
Unda kottejlar, basseyn, avtoturargoh, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, suvusti ayvonlari bo‘ladi, sayyohlar uchun barcha qulaylik yaratiladi.
manba
#news
Starlink Qozog‘istonda
Ilon Maskning sun’iy yo‘ldosh orqali internet xizmati - Starlink rasman ishga tushirilgani mamlakatning Raqamlashtirish vazirligi tomonidan e’lon qilindi.
Uy uchun tarif oyiga 23 ming tenge yoki 536 ming so'm, 100 mamlakatda sayohat qilish uchun rouming tarifi esa oyiga 26 000 tengeni tashkil etadi.
H-havas.
@boredpandablog
#news
12 yoshli qizlar OnlyFans’ni istiqbolli karyera deb bilishmoqda
Ispaniyada 12-16 yoshli o‘smirlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga kòra, ko‘plab qizlar OnlyFans’ni pul topishning muqobil usuli deb hisoblamoqda.
Maktab o‘quvchilari, ayniqsa qizlar, an’anaviy ta’lim yoki ish imkoniyatlari bo‘lmagan hollarda, bu platformani "oqilona iqtisodiy yechim" deb atashmoqda. Buning sababi - jadal reklama: ijtimoiy tarmoqlar OnlyFans modellari va agentliklarining e’lonlari bilan to‘lib ketgan.
Biroq, internetda eslatib o‘tilishicha, ushbu platformaning faqatgina 5 foiz kontent yaratuvchilarigina sezilarli daromad topadi. Qolganlari esa 50 dollar evaziga ochiq-sochiq kontent joylab, o‘z obro‘si va hayotini xavf ostiga qo‘yadi.
@boredpandablog
#news
Ispaniyaning "Marca" gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Diogo Jota Samora viloyatida yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan. Fojia A-52 avtomobil yo‘lining 65-kilometrida, Palasios-de-Sanabriya munitsipal hududi balandligida yuz bergan.
Ushbu xabarning rad etilishiga umid qilamiz😥😥
@boredpandablog
#news
J.K. Rouling yangi "Garri Potter" ssenariysini maqtadi
Yozuvchi HBO tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi "Garri Potter" serialini faol qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.
"Men HBO‘ning yangi "Garri Potter" serialining dastlabki ikki qismini o‘qib chiqdim - va ular SHUNCHALIK, SHUNCHALIK, SHUNCHALIK AJOYIB!" - deya yozdi u o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida. Muxlislarning shou yozishdagi ishtiroki haqidagi aniqlashtiruvchi savoliga Rouling shunday javob berdi: "Yo‘q, men ssenariy yozmayapman, lekin g‘oyat iste’dodli ssenariy mualliflari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdaman."
Shou premyerasi 2026-yilda bo‘lishi kutilmoqda, suratga olish ishlari esa shu yozning o‘zidayoq boshlanadi.
@boredpandablog