TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ishplus.uz
ishplus.uz avatar

TGINSIGHT POST

Post #6801

@ishplus_uz

ishplus.uz

Vues1,610Nombre de vues
Publié31 mars31/03/2026 10:52
Contenu

Contenu du post

E'LON!!! Hurmatli tadbirkorlar va ish beruvchilar! ❗️ Sizni 2026-yil 12–13-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasining “Atrium 1” pavilyonida bo‘lib o‘tadigan “Inson uchun – 2026” festivali doirasida tashkil etiladigan “Job Fair” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etishga taklif etamiz. 🎙 Mazkur yarmarkaning asosiy maqsadi — ehtiyojmand shaxslar, bitiruvchi talabalar shu jumladan, nogironligi bo'lgan shaxslarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek, ish beruvchilar va ish izlovchilar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Korxonangizdagi stajirovka (amaliyot) dasturlaringizni taqdimot qilish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etish, shuningdek, yoshlar va ehtiyojmand guruhlarni qo‘llab-quvvatlash orqali korxonangizning ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etish imkoniga ega bo‘lasiz. Mazkur yarmarkada ishtirok etish istagingiz bo‘lgan taqdirda, joriy yilning 10-apreliga qadar ro'yxatdan o'tishingiz so‘raladi. ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish: @inson_uchun_jobfair_bot ✅ Bizni kuzatishda davom eting — “Inson uchun” festivali yanada keng imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda! 📝telegram💻instagram 📝facebook🐧xcom 🎞youtube🎖ihma.uz