Contenu du post
📆Ertaga 16-fevral yakshanba kuni soat 9:00 dan 10:00 gacha yaponiyalik Chika Itakura bilan o‘zbek tili va o‘zbek imo-ishorasida onlayn muloqot tashkillashtiriladi. 🧑🏭Ma’lumot uchun: Chikaxon 2016-2017-yillar O‘zbekistonda Yaponiyaning JICA tashkilotida ko‘ngilli sifatida eshitishida nogironligi bor shaxslarga yordam berib kelgan. U qisqa muddat ham o‘zbek tilini, ham imo-ishora tilini o‘zlashtirib olishga muvaffaq bo‘lgan. ❓Chika uchun savollar quyidagicha bo‘lishi ko‘zda tutilgan: - O‘zbekistonda qancha muddat bo‘lgan? - Ayni damda Yaponiyada nima bilan band? - O‘zbek tilini o‘rganish uchun qancha vaqt ketgan? - O‘zbek imo-ishora tiliga qiziqish qachon paydo bo‘lgan va imo-ishorani o‘rganishi uchun qancha vaqt sarflagan? - O‘zbek imo-ishorasini o‘rganish uchun qanday tavsiyalar bera oladi? - 2017-yil Yaponiyaga qaytganidan keyin o‘zbek tili va imo-ishorasini qanchalik unutgan? - O‘zbekistonda bo‘lgan payt ko‘proq nima yoqib qolgan? - Yaponiyada o‘zbekistonlik do‘stlari bormi va ular bilan muloqot qilib tuiradimi? - O‘zbekistonga kelish rejasi bormi? Yuqorida savollar soat 9:00 dan 9:30 gacha bo‘ladi, soat 9:30 dan 10:00 gacha Zoomdagi ishtirokchilar qiziqtirgan savollar berib, savoliga javob olishi mumkin. P.S. Video arxivdan olingan Moderator: Mamur Axlidinov Тема: Конференция 9:00 Время: 16 февр. 2025 09:00 AM Исламабад, Карачи, Ташкент Подключиться к конференции Zoom https://us04web.zoom.us/j/75000993756?pwd=irqDElgpBrtq3ncErlXF9MQ2TW2mUB.1 Идентификатор конференции: 750 0099 3756 Код доступа: hq1PyQ Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | X