Contenu du post
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Milliy media birlashmasi barchani 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan media sohasidagi mehnat yarmarkasi - Media Job Fair - 2025 ga taklif etadi. Yarmarka O‘zbekistonda media sohani rivojlantirish, tahririyatlar va matbuot xizmatlarini kadrlar bilan ta’minlashga ko‘maklashishni maqsad qilgan. Media Job Fair - 2025 yarmarkasida bir qator xususiy va davlat ommaviy axborot vositalari, vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari, shuningdek, korporativ sektor vakillari ishtirok etadi. Tadbir doirasida bir necha ommaviy axborot vositalarining o‘z faoliyati haqidagi taqdimotlari va sohada faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislarning mahorat darslarini tashkil etish rejalashtirilgan. Tadbirda nafaqat talabalar, balki ish izlayotgan jurnalistlar, muharrirlar, marketologlar, rejissyorlar, operatorlar, montajchilar, fotograflar va faoliyat doirasini kengaytirish imkoniyatlari bilan qiziquvchi boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etishlari mumkin. Yarmarka soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Manzil:O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Yarmarka barcha uchun ochiq. 🌐Website|📱Telegram|📱Instagram|🌐LinkedIn | 🌐YouTube