TGINSIGHT CHAT
SCOPE-UZ GROUP ©
@scopuzhub
EducationTa'limda texnologiyani qo'llash va tadqiqot asoslari haqida kanal va kurslar. https://www.hikmatonline.com/
Posts récents
Page 1 sur 84 · 1,000 posts
Publié il y a 8 jours
Marcel Denesining ushbu kitobini o'qib chiqishni tavsiya qilaman, agar topishning iloji bo'lsa, albatta. Ishq, sevgi, muhabbat turlari, ramzlari, uning tilda, tasvirlarda ifodalanishi va hokazolar haqida yozilgan batafsil kitob.
Publié il y a 8 jours
Xorijiy til o'rganishning asosiy siri Ushbu maqolada semiotika (belgilar va ramzlar o'rganiladigan fan) bo'yicha mutaxassis, professor Marsel Danesi bilan o'tkazilgan suhbat yoritilgan. Maqolaning asosiy mazmuni: Danesi tilni shunchaki so'zma-so'z yodlash yordamida o'rganib bo'lmasligini, buning uchun tilning ortidagi madaniyat va yashirin ma'nolarni (konnotatsiyani) tushunish kerakligini ta'kidlaydi. Masalan, ingiliz tilidagi "sevib qolish" (fall in love) iborasini boshqa tilga so'zma-so'z tarjima qilsangiz, u ko'pincha hech qanday ma'no bermaydi. Olim emojilarni shunchaki yozishmadagi bezak emas, balki insonlarning his-tuyg'ulari va ohangini yetkazib beruvchi vizual til, o'ziga xos "alifbo" deb hisoblaydi. U emojilarni tilning buzilishi deb emas, balki muloqotning vizual davrga moslashib borayotgan tabiiy rivojlanishi deb biladi. 💥👍 Professorning til o'rganuvchilarga beradigan eng muhim maslahati — o'sha tilni "sevish". ❤️❤️❤️ Agar siz tilni shunchaki maishiy ehtiyojlar uchun emas, balki uning madaniyati, tarixi va xalqiga bo'lgan qiziqish hamda muhabbat bilan o'rgansangiz, bu sizga eng kuchli motivatsiya bo'ladi.
Publié il y a 8 jours
Qurbon bayrami muborak bo'lsin!
Publié il y a 8 jours
Kurslarimizning dolzarbligiga yana bir sabab Ko'pchiligingizning xabaringiz bor, Scopus talabi bosqichma-bosqich kuchaytirilmoqda. Rejaga ko‘ra: 2026-yil sentyabridan boshlab DSc dissertatsiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida kamida 2 ta maqola Q1 yoki Q2 kvartildagi jurnallarda chop etilishi amaliyoti joriy qilinadi. 2027-yildan boshlab PhD dissertatsiyalari uchun ham qo‘shimcha ravishda kamida 1 ta maqolani Q1 yoki Q2 kvartildagi jurnalda nashr qilish talabi kiritilishi nazarda tutilmoqda. Bu talablar ilmiy tadqiqot sifatini oshirish, xalqaro ilmiy maydonda O‘zbekiston olimlarining ko‘rinishini kuchaytirish va dissertatsiya natijalarining xalqaro ekspertiza mezonlariga mosligini taʼminlashga qaratilgan. Bizning kurslarimizda qatnashayotganlar doimo bir qadam oldinda yuradilar. Kurslarda qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting va zaruriy ma'lumotlar haqida tasavvurga ega bo'ling. https://www.hikmatonline.com/slides/academic-publishing-27
Publié il y a 8 jours
Bayram arafasida yangiliklar Ilm-fan sohasida katta yangiliklar: Doktorantlar stipendiyasi oshiriladi, burokratiya esa qisqaradi. Asosiy o‘zgarishlar va yangiliklar: Sun’iy intellekt, yashil energiya, tibbiyot va oziq-ovqat xavfsizligi kabi ustuvor yo‘nalishlardagi doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi. Dissertatsiya himoyasi jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi. Ko‘p sonli hujjatlar chop etish va avtoreferatlarni katta miqdorda tayyorlash kabi ortiqcha talablar bekor qilinadi. Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati Fanlar akademiyasi tizimida tashkil etiladi va ilmiy kengashlar reytingi yuritiladi.
Publié il y a 10 jours
Seattleda hamyurtlaringning ovozini eshitish biram yoqimli. Qirg'izcha so'zlashayotgan yigitlar shashka o'ynab yurishgan ekan.
Publié il y a 10 jours
Publié il y a 10 jours
Qani ketdik, bozor kuni bozorni Seattleda qilamiz. 😀
Publié il y a 12 jours
Jadidlar mavzusida UJAS janrida film tomosha qilganmisiz? Kanalimizda ajoyib bir odat bor edi: juma kunlari yaxshi filmlarni tomosha va tahlil qilish. Bu filmning janrini aniq tushuna olmadim, qo'rqinchli filmmi, fantastikami yo boshqa narsami, lekin muhimi uning ilm-fanga hurmat haqida ekanligida. 30:00 daqiqada biroz mazam qochdi. Safarga chiqishdan avval uydagilarga somsa va pirojki pishirayorganda tomosha qilaman deb (dopamin ham kerakku :) yangi film qidirgandim, shu film chiqib qoldi. Menimcha sal oshirvorishibdiyov... Xullas, buyog'i "innovatsiya". Filmda ramziy ma'noda zulmat, johillik va xurofotdan qutilishning yagona yo'li ilm va ezgulik ekani ko'rsatiladi. @scopuzhub and @scopuznetwork
Publié il y a 13 jours
Sevgi turlari nechta? Odatda bo'sh qolmay deb sumkamga kitob solib olaman, bugun Marcel Danesining "Semiotics of Love" kitobini sumkaga solib yo'lga chiqqandim. Yo'lda, avtobusda maza qilib o'qib ketaman deb. Yarim yo'lda Vengriyalik olimlar tashkil etgan vebinarda qatnashish uchun kutubxonaga kirdim. Vebinardan keyin kutubxonada o'tirib kitobning yarmini tugatib ham qo'yibman. Kitobda yozilishicha, Grek faylasuflariga ko'ra sevgining 6 turi bor ekan: eros (romantik sevgi/jinsga nisbatan), philia (do'stlarga muhabbat), ludus (bunisi boshqacha biroz, bolalarcha, sho'xlik sevgisi deymizmi) , agape (ruhiy ishq), pragma (abadiy sevgi), va philatua (o'z-o'zini sevish). Xullas, sevgi haqida ilmiy kitob o'qib maza qildim. Sevgi tushunchasining ilmiy ta'rifi, metaforalar, sevgi va ramzlar, sevgi va oila haqida o'qish juda qiziqarli edi. Kechki payt ingliz tilidagi ma'ruzani tayyorlab bo'lganimdan keyin bu yerdagi hamkorlar bilan amerikadagi o'zbek diasporasi vakillarini intervyu qildik. Intervyudan keyin darhol fikrlarni yozish, ma'lumotlarni xavfsiz joyda saqlash kabi protseduralardan so'ng onlayn reflection yozdik, sheriklarim bilan suhbatlashdik. Juda barakali kun bo'ldi. Bu yerdagi sotsiolog va psixolog hamkasblar bilan fikrlashish juda oson bo'lyapti, sababi, etika qoidalaridan hammamiz xabardormiz va metodik treningdan o'tganmiz. Suhbatlarimizda intervyu paytida his qilgan narsalarimiz haqida bahslashamiz va qiziq sitatalarni ajratib yozamiz. Haqiqiy maza qiladigan hamkorlik. Biz gaplashayotgan mavzular juda rang-barang. (Etika yuzasidan tafsilotlarni ulasha olmayman). Ba'zan o'ylab qolamiz, bu faqat chet elda yashayotganlarning muammosimi, O'zbekistonda ham juda ko'p muammolar borku deb. Mana bir namuna. Buni biz "generalize" qila olmaymiz, lekin bu hodisa ham bir narsadan darak beradi. Aslida bu yakka hodisa emas, shunchaki yuzaga chiqib qolgani. Erkaklar uyalib aytmaydi, men buni aniq bilaman, bunday hodisalar haqida eshitganman. Eh, gapni nima bilan boshladimu, nima bilan tugatdim-a? @scopuzhub and @scopuznetwork
Publié il y a 13 jours
Menga 5 daqiqalik ma'ruza tayyorlab bering, ko'p vaqtingiz ketmaydi, deyishadi, bu esa men uchun to'g'ri kelmaydi, har safar biron yangi fikr, g'oya kelaveradi. Shu sababli, o'zbekcha taqdimotda ba'zi slaydlar farqli. Va albatta taqdimotga tayyorgarlik mening ko'pgina vaqtimni oladi. 5 daqiqa uchun 5 soat tayyorlansam kerak auditoriyaga qarab. Qandaydir mavhum gaplar bilan boshqalarning vaqtini olishni yoqtirmayman-da...mayli, sizlarga ham foydasi bo'lar balki. @scopuzhub and @scopuznetwork
Publié il y a 13 jours