TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Retour aux chaînes
Soliq Servis avatar

TGINSIGHT CHAT

Soliq Servis

@soliqservis

Business and startups

"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

Abonnés4.1万Abonnés actuels de la chaîne
Posts indexés818Nombre de posts indexés
Portée récente256,070Somme des vues récentes
Posts récents

Posts récents

Page 1 sur 69 · 818 posts

Publié 18 avr.

🔴Soliq sohasi bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollaringiz bormi? ⚡️Endilikda “Dolzarb savol — aniq javob!” rukni orqali barcha savollaringizga batafsil javob olishingiz mumkin. 📨O‘z savollaringizni izohlarda qoldiring. 📝Тelegram| 🗣Telegram chat|🌐Veb-sayt|📱Instagram

6,370 views

Publié 3 avr.

“Tax Free” tizimi faoliyati yana 9 ta viloyatda yo‘lga qo‘yildi Avval xabar berganimizdek, ushbu xizmat faqat Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlarida mavjud edi. 📌Endilikda joriy yilning 1-aprel kunidan boshlab respublikaning 9️⃣ ta viloyat hududida joylashgan xalqaro aeroportlarida ham “Tax Free” tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ma’lumot uchun, “Tax Free” tizimi chet ellik sayyohlar tomonidan xarid qilingan tovarlar uchun (oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno) to‘langan QQSni qisman qaytarish imkonini beruvchi tizim bo‘lib, uning imkoniyatlari quyidagilardan iborat: ➡️ Pul mablag‘lari bank kartasiga 3 ish kuni ichida qaytariladi ➡️“Tax Free” shoxobchasida naqd pul ko‘rinishida “cashback” olish imkoniyati mavjud ➡️ Minimal xarid summasi — 300 000 so‘m Mazkur yangilik sayyohlar uchun yanada qulay sharoit yaratishi va mamlakatimizning turizm salohiyatini oshirishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Тelegram|Telegram chat|Veb-sayt|Instagram

16,200 views

#tax_free Buxoro xalqaro aeroportida “Tax free” shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi Ma’lumki, 2026-yil 1-apreldan boshlab respublikamizning barcha xalqaro aeroportlarida chet el fuqarolariga qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bugun viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati va “Soliq servis” aksiyadorlik jamiyati mas’ullari ishtirokida Buxoro xalqaro aeroportida chet el fuqarolariga “tax frеe” summasini qaytarib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi shoxobchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, “tax free” summasini hisoblash, uni chet davlat fuqarosining bank plastik kartasiga yoki bank hisobvarag‘iga o‘tkazib berish tizim operatori “Soliq-servis” AJ tomonidan amalga oshiriladi. “Tax free” summasi chet el fuqarolarining bank kartasiga qaytarish tovarlar olib chiqib ketilgan kundan keyin 3 ish kunida ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

16,300 views

Hashtags

#soʼrovnoma Hurmatli tadbirkorlar! Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining amaldagi samaradorligini, ularning faoliyatiga taʼsirini hamda uchrayotgan muammolarni oʻrganish maqsadida SOʻROVNOMA oʻtkazilmoqda. So‘rovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqiladi. So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: 👉https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSembzB6v7BYW4R-czeM4JsLKBk9mrCET8ebF8fNWOCLitTqwA/viewform?usp=dialog Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads

23,800 views

Hashtags

Publié 21 févr.

📢“Soliq forumi–2026” – ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar maydoni! “Soliq-servis” AJ Soliq forumi doirasida faol ishtirok etmoqda. Forum davomida zamonaviy soliq xizmatlari, raqamli yechimlar hamda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar taqdim etilmoqda. 🤝 Tadbir soliq tizimini yanada takomillashtirish, ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va biznes hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 💡 “Soliq-servis” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, innovatsion platformalar va qulay elektron servislar haqida bizning rasmiy sahifalarimizda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin! Тelegram|Telegram chat|Veb-sayt|Instagram 📎 Biz bilan birga bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘lib boring!

30,500 views

#qonunchilikdagi_yangiliklar Endilikda soliq imtiyozlari shunchaki berilmaydi! ✅2026-yil yakunlari va 2027-yildan boshlab, yuridik shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i imtiyozlarini qo‘llashda MAQSADLI KO‘RSATGICHLAR joriy etilmoqda. Bu haqida videoda batafsil tanishing! Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads

28,500 views

#elon#MXIK 2026-yil 1-iyuldan boshlab EHFda qurilish resurslariga tegishli umumiy Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)dan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi Avval xabar qilinganidek, Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi bilan integratsiya qilindi. 👉PQ-165 29.04.2024-y. Milliy klassifikatorda qurilish resurslarining batafsil texnik tavsiflari keltirilgan bo‘lib, qurilish resurslari uchun 200,8 mingta detallashtirilgan MXIK kodlari, shuningdek ularga qat'iy o‘lchov birliklari biriktirildi. Barcha turdagi qurilish resurslari uchun detallashtirilgan MXIK kodlari yaratilganligini inobatga olib, EHFni rasmiylashtirishda foydalanilayotgan qurilish resurslariga tegishli ayrim turdagiumumiy MXIKlarga 2026-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich cheklov kiritiladi. ❗️Cheklov kiritiladigan umumiy MXIKlar roʻyxati qoʻshimcha ravishda bosqichma-bosqich joylashtirilib boriladi. Tadbirkorlar oʻz mahsulotlari uchun aniq MXIKni belgilash yoki yangi MXIK yaratish maqsadida https://mkinfo.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinet orqali elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda, soʻrov oynasida tegishli maydonlarni toʻldirib, elektron murojaat yuborishlari mumkin. Yuqorida qayd etilgan tartib boʻyicha savollar tugʻilgan taqdirda, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan ishchi guruhga Telegram https://t.me/mkinfo_support yoki quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin: ☎️(+998) 71 210-11-04 (ichki 6005, 6006, 6007) _________ #объявление#ИКПУ С 1 июля 2026 года при оформлении ЭСФ будет поэтапно ограничено применение общих ИКПУ для строительных материалов Как сообщалось ранее, Единый электронный национальный каталог продукции(товаров и услуг)интегрирован с электронной платформой«Национальный классификатор строительных ресурсов» 👉ПП-165 от 29.04.2024г. В Национальном классификаторе приведены детализированные технические характеристики строительных ресурсов, для которых создано 200,8 тыс. детализированных идентификационных кодов продукции и услуг (ИКПУ) с закрепленными за ними фиксированными единицами измерения. В связи с тем, что для всех видов строительных ресурсов созданы детализированные ИКПУ, с 1 июля 2026 года при оформлении ЭСФ будет поэтапно введено ограничение на применение некоторых общих ИКПУ строительных материалов. ❗️Перечень активных общих ИКПУ строительных материалов будет размещен дополнительно. Предприниматели для уточнения конкретного ИКПУ своей продукции либо для создания нового ИКПУ могут направить электронное обращение через личный кабинет на платформе https://mkinfo.uz/ с использованием ЭЦП, заполнив соответствующие поля в окне запроса. Если у вас возникаютвопросы, связанные с вышеуказанным порядком, можете обратиться в рабочую группу, созданную при Министерстве строительства и жилищно-коммунального хозяйства в Telegram https://t.me/mkinfo_support или по следующим телефонным номерам: ☎️(+998) 71 210-11-04 (внутр. 6005, 6006, 6007) Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads

22,900 views

Publié 28 janv.

2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari qanday o‘zgardi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2025-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning yangilangan stavkalari kuchga kirdi. Mazkur o‘zgarishlar Prezidentimiz tomonidan 2025-yil dekabr oyida imzolangan byudjet va soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi qonun asosida joriy etildi. 🔹 Amaldagi barcha soliq stavkalari 7 foizga oshirildi. Suvdan foydalanish maqsadiga qarab, 1 kub metr suv uchun soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilandi: 💧 Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun — 107 so‘m ⚡️ Elektrostansiyalar va kommunal korxonalar uchun — • 118 so‘m (yer usti suvlaridan foydalanganda) • 144 so‘m (yer osti suvlaridan foydalanganda) 🏢 Tadbirkorlik subyektlari uchun — • 749 so‘m (yer usti suvlaridan foydalanganda) • 910 so‘m (yer osti suvlaridan foydalanganda) 🚗 Avtomoykalar uchun — 16 050 so‘m Shuningdek, 2026-yildan boshlab ayrim turdagi nokon qurilish foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning eng kam stavkalari ham oshirildi. ❗️Soliq kodeksi 445-moddasi ——— Как изменились ставки налога на пользование водными ресурсами в 2026 году. С 1 января 2026 года в Узбекистане вступили в силу обновлённые ставки налога на пользование водными ресурсами. Изменения предусмотрены законом об основных направлениях бюджетной и налоговой политики, подписанным Президентом в конце декабря. 🔹Все действующие ставки увеличены на 7%. В зависимости от цели использования воды, налог за 1 кубический метр установлен в следующих размерах: 💧 Полив сельскохозяйственных угодий — 107 сумов. ⚡️ Электростанции и коммунальные предприятия — • 118 сумов (поверхностные воды) • 144 сумов (подземные воды) 🏢 Субъекты предпринимательства — • 749 сумов (поверхностные воды) • 910 сумов (подземные воды) 🚗 Автомойки — 16 050 сумов Также с 2026 года повышены минимальные ставки налога на недропользование за добычу отдельных видов нерудных полезных ископаемых. статья 445 НК.

28,100 views

Publié 27 janv.

2026-yil 1-yanvardan foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlar chegarasi 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mga oshirildi. Bu ko‘plab kompaniyalarga qulayroq hisob-kitob tartibiga o‘tish va avans yukini kamaytirish imkonini beradi. Korxonalar o‘z mablag‘lari hisobidan ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini, xususan, elektr, gaz, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya va yo‘llarni qurib, tegishli tarmoq korxonalariga bepul topshirgan taqdirda, korxonaning ushbu xarajatlarini foyda solig‘idan chegirish imkoniyati beriladi. ——— С 1 января 2026 года предельный порог по авансовым платежам по налогу на прибыль увеличен с 10 млрд сумов до 20 млрд сумов. Это позволит многим компаниям перейти на более удобный порядок расчётов и снизить нагрузку по авансовым платежам. В случае если предприятия за счёт собственных средств строят объекты социальной инфраструктуры, в том числе сети электронного, газового теплоснабжения, водоснабжения, канализации и дороги, и безвозмездно передают их соответствующим отраслевым организациям, такие расходы могут быть учтены при исчислении налога на прибыль.

20,200 views

Publié 26 janv.

📱 Soliq mobil ilovasida ijara shartnomasini qanday rasmiylashtirish mumkin? Endi ijara shartnomasini Soliq mobil ilovasi orqali onlayn, tez va qulay tarzda rasmiylashtirishingiz mumkin. Videoda siz: ✔️ ijara shartnomasini qanday yaratishni ✔️ qaysi ma’lumotlarni kiritish kerakligini ✔️ shartnomani qanday tasdiqlash va yuborishni bilib olasiz. Navbatsiz va ortiqcha hujjatlarsiz — barchasi bitta ilovada ✅ ——— 📱 Как оформить договор аренды в мобильном приложении Soliq? Теперь оформить договор аренды можно онлайн — быстро и удобно через приложение Soliq. В видео вы узнаете: ✔️ как создать договор аренды ✔️ какие данные нужно заполнить ✔️ как подтвердить и отправить договор Без очередей и лишних документов — всё в одном приложении ✅

21,100 views

Publié 24 janv.

📌 Bilasizmi, davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtojlarga alohida e‘tibor qilinadi va “Soliq” mobil ilovasi orqali ijtimoiy keshbek olish huquqi berilgan. 2024-yildan ro'yxatga yana 4 turdagi mahsulotlar qo'shildi. Bugungi kunda QQS qaytariladigan mahsulotlar ro'yxati: 1. Qo'y go'shti 2. Parranda go'shti 3. Mol go'shti 4. Tuxum 5.O'simlik yog'i 6. Un 7. Shakar 8. Dori vositalari 9. Tibbiy xizmatlar 📲 QQS summasini qaytarish uchun "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan iste'molchi Soliq ilovasini yuklab olib, Face ID yordamida ro'yxatdan o'tadi va ilovada xarid chekining QR-kodini skanerlashi kerak. "Ijtimoiy keshbek"ni "Keshbek va imtiyozlar" bo'limida kuzatib borish mumkin. 📊 QQS qaytarishda quyidagilar hisobga olinadi: ▫️xarid qilingan tovar QQS qaytariladigan mahsulotlar ro'yxatiga kiritilganligi; ▫️xaridor "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilganligi; ▫️tadbirkor QQS to'lovchisi sifatida ro'yxatdan o'tganligi. ✔️QQS summasini chek roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan so‘ngSoliq mobil ilovasi orqali qaytarib olish mumkin. ——— 📌Знаете ли вы, что государством уделяется особое внимание нуждающимся в социальной защите и в мобильном приложении Soliq они имеют право на социальный кешбэк. С 2024 года в список добавлены еще 4 вида товаров. На сегодняшний день перечень товаров, за которые возвращается НДС: 1. Баранина 2. Мясо птицы 3. Говядина 4. Яйца 5. Растительное масло 6. Мука 7. Сахар 8. Лекарственные средства 9. Медицинские услуги. 📲 Для возврата НДС потребитель, включенный в «Единый реестр социальной защиты», должен скачать приложение Soliq,пройти регистрацию с помощью FACE ID и отсканировать в приложении QR-код чека о покупке. Отслеживать «Социальный кешбэк» можно в разделе «Кешбэк и льготы». 📊При возврате НДС учитывается: ▫️включен ли приобретенный товар в перечень товаров, за которые подлежит возврату НДС; ▫️включен ли покупатель в «Единый реестр социальной защиты»; ▫️зарегистрирован ли предприниматель в качестве плательщика НДС. ✔️Перевести социальный кешбэк можно ежемесячно в приложении Soliq после 25 числа месяца, следующего за месяцем, в котором зарегистрирован чек.

24,700 views

Publié 24 janv.

https://www.instagram.com/reel/DT2vKX3DEqO/?igsh=ODB5ZHZidjdqcGt0

17,400 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••6869
PrécédentPage 1 sur 69Suivant