Sadržaj objave
📢 SHAHRIXONDA YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI Shahrixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari M. Mamajonova tomonidan tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. 🎓 Uchrashuv davomida yoshlarning kelajak rejalari, kasb tanlashdagi muhim jihatlar hamda ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 💬 Tadbir samimiy suhbat va ochiq muloqot tarzida o‘tdi. 💻 Uchrashuv yakunida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan maktabga zamonaviy kompyuterlar foydalanishga topshirildi. ✨ Bu kabi tashabbuslar yoshlarning bilim olishlari va zamonaviy texnologiyalarni egallashlariga keng imkoniyat yaratadi. Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|