TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← ШАҲРИХОН ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ
ШАҲРИХОН ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ avatar

TGINSIGHT POST

Post #43789

@shahrixontumani

ШАҲРИХОН ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ

Pregledi385Broj pregleda
Objavljeno17. tra17. 04. 2026. 05:49
Sadržaj

Sadržaj objave

🏐 Sport – birlik va sog‘lom turmush garovi Shahrixon tuman 2-son texnikumida pedagog hodimlar o‘rtasida voleybol musobaqasi yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport tadbiri jamoada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, hodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z jamoalari bilan faol qatnashib, epchillik, chaqqonlik va jamoaviy hamkorlikni namoyon etdilar. Har bir o‘yin qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. Pedagog hodimlar nafaqat bilim beruvchi ustoz, balki sportda ham faol va tashabbuskor ekanliklarini yana bir bor isbotladilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan jamoalar rag‘batlantirildi. Bunday sport musobaqalari texnikum jamoasida sog‘lom raqobat muhitini yaratib, jismoniy va ma’naviy barkamollikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shahrixon tuman 2-son texnikumi✍️