TGINSIGHT CHAT
Sh.Murtazayeva | Insights
@shm_insights
PoliticsBA #Seoul🇰🇷 International Relations🎓 MA #UWED🇺🇿Politics🎓 PhD (Researcher) in Politics #UWED #Head of International Relations Department🇺🇿 Never stop learning, never stop leading….🇺🇿⚡️
Nedavne objave
Stranica 1 od 7 · 81 objava
Objavljeno prije 29 dana
#YoshlarIttifoqi#EduAction#EnglishLearning 🙋 Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim hamkorlik 🖋 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Edu-Action o‘rtasida yoshlarning ingliz tilini o‘rganish salohiyatini oshirish va xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. 📌Mazkur hamkorlik doirasida: ➡️ Yoshlar orasida ingliz tilini, ayniqsa IELTS tizimi asosida o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash; ➡️ Seminarlar, treninglar va mahorat darslarini tashkil etish; ➡️ “IELTS Tour” qo‘shma loyihasini amalga oshirish; ➡️ Xalqaro ta’lim dasturlari hamda akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda tizimli ishlar olib boriladi. 👋 Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, xalqaro maydonda raqobatlasha oladigan, intellektual salohiyati yuqori yoshlar avlodini shakllantirishdan iborat. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube
Objavljeno 1. svi
#QalbDiplomatiyasi#YoshlarIttifoqi 🙋“Qalb diplomatiyasi” xalqaro konferensiyasining eng muhim va yorqin lahzalarini aks ettirgan videorolikni tomosha qiling! 🔗Fotosuratlar Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube
Objavljeno 11. tra
Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TİKA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan samarali uchrashuv tashkil etildi. Muloqot jarayonida ijtimoiy, ta’lim va yoshlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🇺🇿🤝🇹🇷 Türkiye İşbirliği ve Koordinasyon Ajansı (TİKA) Özbekistan Ofisi ile verimli bir görüşme gerçekleştirildi. Görüşme sırasında sosyal, eğitim ve gençlik alanlarındaki iş birliğini geliştirme konularına özel önem verildi. A productive meeting was held with the Uzbekistan office of TİKA. During the meeting, special attention was given to expanding cooperation in social, educational, and youth-related areas. #Youth#Diplomacy#internationalcooperation @ShM_Insights
Objavljeno 26. ožu
🇺🇿🇹🇯Qardosh mamlakatlar yoshlarining hamkorlik va do‘stlik aloqalari kengaymoqda! Ayni kunlarda O‘zbekiston va Tojikiston yoshlar tashkilotlarining nufuzli forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu forumning tantanali ochilish marosimi poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilib, qator sessiyalarda ikki davlat yoshlar tashkilotlari vakillari o‘zlarining qiziqarli taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Xususan, sessiyalar davomida quyidagi tashkilotlar o‘z faoliyati va istiqbolli takliflari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdi: “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” hamda “Tojikiston yoshlar ittifoqi”; “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi”; “IT Park Uzbekistan” va “IT Park Dushanbe”; “Yoshlar ventures” jamg‘armasi; Tojikistonning “Tengdosh-tengdoshga” kabi tashkilotlar. Forumdagi eng muhim voqealardan biri — ikki mamlakat o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan yoshlar tashkilotlari tashabbuslari va loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha maxsus “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Eslatib o‘tamiz, qardoshlik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlovchi ushbu forum joriy yilning 27-mart kuniga qadar davom etadi. 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt
Objavljeno 17. ožu
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan sharoitlar va eng noyob eksponatlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созданными условиями и самыми редкими экспонатами в Центре исламской цивилизации. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Objavljeno 28. velj
#MilliyDialog#Qadriyat#XalqaroHamkorlik🇺🇿🇵🇰 “Milliy dialog” loyihasining navbatdagi mehmoni —Pokistonlik Qadeer Ahmed hozirda Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi madaniy o‘xshashlik va farqlar, talabalik hayoti, tibbiyot sohasidagi tajribasi, mamlakatimizda kechayotgan moslashuv jarayonlari bilan bir qatorda O‘zbek milliy qadriyatlari hamda yoshlar siyosati masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi. 🇺🇿🤝🇵🇰 @ShM_Insights
Objavljeno 19. velj
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi @ShM_Insights
Objavljeno 5. velj
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasida Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bogʻga Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi boʻldi. — В рамках государственного визита Президента Шавката Мирзиёева в Пакистан состоялась церемония присвоения одной из улиц Исламабада названия «Ташкент», а также имени Захириддина Мухаммада Бабура вновь создаваемому парку. #Mirziyoyev#tashrif#Pokiston#marosim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Objavljeno 5. velj
#MilliyDialog🇺🇿 O‘zbek milliy qadriyatlari, tili va madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan “Milliy dialog” loyihasiga start berdik. Loyihamizning ilk mehmoni Xitoydan kelgan, Shanxay Chet tillari universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Shen Xentong bo‘ldi. 🇺🇿🤝🇨🇳 @ShM_Insights
Hashtags
Objavljeno 4. velj
Yosh tadqiqotchilar uchun ajoyib imkoniyat!🇺🇿🇹🇷 🌍Uchinchi Turkiy Dunyo Yozgi Forumi — “Turkiy Dunyoning Kelajagi” Ibn Haldun Universiteti tomonidan tashkil etilayotgan ushbu Forum Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) doirasida akademik almashinuv, ilmiy hamkorlik va siyosiy muhokamalarni rivojlantirishga qaratilgan. 📅6–15 iyul, 2026 📍 Istanbul, Ibn Haldun Universiteti ⏳ 10 kunlik dastur: ma’ruzalar, debatlar, simulyatsiyalar, workshoplar, panel va davra suhbatlari. 🌐Til: ma’ruzalar turkiy tillarda bo‘lishi mumkin, ammo barcha materiallar ingliz tilida. ✅Kontrakt: bepul 🏠 Yotoqxona va ovqatlanish qoplanadi ✈️ Safar xarajatlari: ishtirokchi tomonidan 🎭 Istanbul bo‘ylab madaniy sayohatlar va TRT World tashrifi ham rejalashtirilgan. 👥Kimlar uchun: Magistr/PhD, tadqiqotchilar, professorlar, diplomatlar, jurnalistlar, ekspertlar. 📌Ingliz tilini bilish talab etiladi. 📌Batafsil ma’lumot va ariza: 🔗avrasya.ihu.edu.tr @ShM_Insights
Objavljeno 31. sij
#XalqaroHamkorlik🇺🇿🤝🇨🇳 Dunyoning TOP–20 yetakchi universitetlaridan biri — Xitoy Xalq Respublikasining Tsinghua universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari O‘zbekistonda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda strategik loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. #Youth#InternationalCooperation#Diplomacy#Education @ShM_Insights
Objavljeno 29. sij
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga keldi. Oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kutib oldi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл с официальным визитом в город Анкару. Высоких гостей встретили Президент Турецкой Республики Реджеп Тайип Эрдоган с супругой. #Mirziyoyev#tashrif#Turkiya#uchrashuv Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X