Bejegyzés tartalma
“Digital Olmazor” loyihasi haqida bilasizmi? Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar Olmazor tumani hokimligi tomonidan Olmazor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Digital Olmazor” loyihasi bo‘yicha press-tur o‘tkazildi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi 10 ta maktabda robototexnika va IT xonalari tashkil etilib, ularning faoliyati kengaytirildi. Bugungi kunga kelib, ushbu maktablarda 3 mingdan ortiq yosh IT sohasi bo‘yicha bilim olib, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Press-tur davomida loyiha rahbari Ziyodulla Bo‘taxonov robototexnika, 3D modellashtirish, elektronika va kosmik tadqiqotlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, DreamSat va TechnoCamp loyihalari tanishtirilib, OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi. #Presstur#Olmazor Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🌍Veb sayt