TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← No-code | Ustoz AI
No-code | Ustoz AI avatar

TGINSIGHT POST

Post #9

@ustoz_no_code

No-code | Ustoz AI

Megtekintések1,880Bejegyzés megtekintések
Közzétévemárc. 21.2024. 03. 21. 05:37
Tartalom

Bejegyzés tartalma

❓ No-code o‘zi nima? 🧑‍💻 No-Code platformalari kod yozishni bilmaydigan odamlarga veb-saytlar va ilovalar yaratish imkonini beradi. Bunga kuchli kompyuter ham, katta pul ham kerak emas, kuchli tomoni esa kod yozishdan tezroq sayt yoki ilova yaratish mumkin. ⌨️ Juda oddiy aytganda, siz No-Code platformalarida elementlarni to‘g‘ri joyga sudrab qo‘yishingiz va sozlamalarini o‘zingizga mos qilib qo‘yishingiz yetarli. Albatta, buning cheklovlari va kamchiliklari ham bor. Lekin boshlang‘ich NoCoderlar oyiga $100-300, talabgir mutaxassis NoCoderlar esa $1000-$2000 atrofida daromad qilishadi. 👨‍🏫 No-Code bo‘yicha videodarslar ustozi Islom Kamolov: — "Yosh tadbirkor university", "Unicorns venture fund and startup accelerator", "Digital acceleration" va boshqa loyihalar uchun dasturiy ta’minotlarni tayyorlab bergan, — kod yozmasdan biznes uchun qisqa muddatlarda saytlar yasagan, — soha yangi bo‘lishiga qaramasdan 2 yillik tajribaga ega. P.S. Qanday mavzularda qo‘shimcha videodarslar olishimizni xohlaysiz? No-code haqidagi telegram kanal: @ustoz_no_code 🤩 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube