TGINSIGHT CHAT
605 Agency
@agency605
Pemasaran dan iklan2024 va 2025 yillarning eng yaxshi reklama agentligi. Kompaniyangiz duv-duv gap bo'ladigan ishlar qilamiz. Aloqa uchun: @agency_605
Postingan terbaru
Hal. 1 dari 9 · 102 postingan
Diposting 3 Apr
Biznikilar-da oltin! 605 jamosi kreativ agentlari, Bekzod va Shukurullo, Young Lions Central Asia kreativ festivalining OOH (tashqi reklama) yo’nalishida Freedom Travel uchun reklama posteri ishlab chiqishdi. Bu ish esa xalqaro hakamlar tomonidan oltin medaliga loyiq ko’rildi. @agency605
Diposting 12 Mar
Ramazon cheklovlar oyimi? Aslida Ramazon bu zararli odatlarni tashlab, foydali odatlarni shakllantiradigan imkoniyatlar oyi. IMAN uchun qilingan kampaniyamizda ham Ramazonda biz unchalik e’tibor bermaydigan yomon odatlarni ko‘rsatib, ularning o‘rniga qilish mumkin bo‘lgan yaxshi narsalarni eslatdik. Hasad qilmang, postni “share” qiling) @agency605
Diposting 25 Jan
Tashkent Optical uchun brend pozitsiyasini ishlab chiqqanimiz haqida so‘zlab bergandik. Jamoamiz bu loyiha doirasida rebrending qilib, yagona dizayn tizimini ham ishlab chiqdi. Brendning yangi logotipida «Optical» so‘zidagi «o» harfini va ko‘z siluetini minimalistik uslubda uyg‘unlashtirdik. Boshqa ko‘z tasvirlangan logotiplardan ajratib turish uchun esa, logodagi ko‘z shaklini unikal qildik. Natija vizuallarda, marhamat. 2️⃣@agency605
Diposting 23 Jan
Hayotni yaxshi ko‘ring! Tashkent Optical (@tashkent_optical) - 25 yil davomida optika mahsulotlarini distributsiyasi bilan shug‘ullanadigan optika do‘konlar tarmog‘i. Bizning vazifamiz bu brendning mohiyatini insonlarga to‘liq ochib berib, brend pozitsiyasini ishlab chiqish bo‘ldi. Brending asosiy maqsadi - odamlarga qaytadan yaxshi ko‘rishga yordam berish. Shuni ifodalash uchun «Hayotni yaxshi ko‘ring» degan xabarni yaratdik. Natijada ikki xil ma’noga ega - ham hayotni sevish, ham hayotni tiniq ko‘rish degan, hissiy va funksional tomonlarni birlashtirgan katta g‘oya yaratildi. Ko‘rish muammosini yetkazish uchun esa vizuallarda xira tipografikadan foydalandik. Bu orqali biz brend xizmatlarining qiymatini yetkazdik. @605agency
Diposting 21 Jan
Kattalar reklamasi bo’lsa-yu, bolalarniki bo’lmasa Aynan shu savolni oldinga qo’yib, @oqtepalavashuz’ning yangi Zumrasha setini nafaqat kattalar uchun, balki bolalar uchun ham reklama qildik. Asosiy yutuq - PS5 bilan kattalarni qiziqtirdik. Shu bilan, Zumrasha setini bolalarga olib berishga majbur qildik. G’oyani boyitish uchun - kattalar kiradigan eshikning yonida zumrashalar uchun ham eshik qildik. Yana bolalar uchun menyu, patnis va zinachalar ham yasattirdik. @agency605
Diposting 13 Jan
Sizga omad Geely tilaymiz! Geely avtomobil brendi O‘zbekistonga kirib keldi. Bizning oldimizga esa buni kreativ tarzda e‘lon qilish vazifasi qo‘yildi. Mahsulotni o‘rganib bir qiziq narsa topdik - Geely so‘zi xitoychada «omad», deb tarjima qilinar ekan. Yechim topildi! Reklamada mashinani hech qanday noyob tarafini aytib o‘tirmadik. O‘rniga xalqimizda «omad» so‘zi ishlatilinadigan mashhur tanish gaplarni topdik va o‘rniga Geely so‘zini qo‘ydik. Qanday e‘lon qilganimizni esa vizuallarda ko‘ring! @agency605
Diposting 18 Nov
Mijozlarimizga rahmart* Texnomart* 17 yoshga to‘ldi va bu bayramda mijozlar hissasi katta. Shunga, kompaniyaning tug‘ilgan kunida uni hozirgacha ishlab kelishiga hissa qo‘shgan mijozlarga rahmat aytish uchun "rahmart*" texnomart hamkorligida reklama kampaniyasini chiqardik. Buni yuqoridagi vizuallarda o'zingiz tomosha qilishingiz mumkin. @agency605
Diposting 11 Nov
Oldingi postda "CALORIYALY" brendingi haqida yozgan edik. Bu safar qilingan vizaullarning yana bir qismini ko'rishingiz mumkin. @agency605
Diposting 11 Nov
...👀
Diposting 10 Nov
Chiroyly brending CALORIYALY - O‘zbekistonda endi shakllanayotgan “fast casual” formatidagi sog‘lom ovqatlar restorani. Biz ular uchun neyming, logotip va emotsial aydentika ishlab chiqdik. Eng muhim vazifa - bu tabiiy ovqatlar mazali va to‘yimli bo‘lishini ifodalovchi nom topish edi. “CALORIYALY” so‘zi esa aynan shu g’oyani ifodalovchi neyming bo’ldi. Brend aydentikasida ham shu g’oyani ko’rsatdik: taomlar tabiiyligini ifodalash uchun logotip ranglari yashilda, to’yimliligini isbotlash uchun esa hamma shriftlari qalin qilindi. Restoranni ichki va tashqi qismi uchun ham e’tibor tortadigan dizayn ishlab chiqildi. @agency605
Diposting 11 Okt
— TAF! TAF! — Kim bu? — Agentlik — Qaysi agentlik? — Yil agentligi ————— - ТАФ! ТАФ! - Кто это? - Агентство - Какое агентство? - Агентство года @agency605
Diposting 30 Sep
+1 Kuni kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jolbors Awards International’da iTV bilan hamkorlikdagi ishimiz bronza mukofotini oldi. 🥉Bronze - Online Media Pharmacy / Digital: Special Project iTV jamoasini ham ushbu sovrin bilan tabriklaymiz. - - - +1 Вчера на церемонии Jolbors Awards International в Ташкенте наша совместная работа с iTV была удостоена бронзовой награды. 🥉Бронза - Online Media Pharmacy / Digital: Special Project Также поздравляем команду iTV с этим достижением. @agency605