TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bookxana avatar

TGINSIGHT CHAT

Bookxana

@bookxana

Buku

"Kitoblarim bilan birga. Mendan mengacha."

Pelanggan977Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak929Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini3,548Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 1 dari 78 · 929 postingan

Diposting 26 Mei

O'zimdan o'zimga hayitlik. Endi menda Usmon Azimning she'rlari bor.

147 views

Diposting 26 Mei

#bir_nima ...kecha "so'ngi qo'ng'iroq" bo'ldimi? negadir menga umuman sezilmadi. yoki hammalaringiz sinfdan qoldilaringizmi?!

210 views

Hashtags

Diposting 26 Mei

#bir_nima ...bitta "oydin tunlar"ni o'qivolib dostoyevskiy daho deyishing, dostoyevskiyniyam seniyam ahmoqqa aylantiradi.

215 views

Hashtags

Diposting 24 Mei

#2/2 Taniqli va mahoratli tarjimonimiz Ibrohim G'afurov o'zining eng yoqtirgan asari haqidagi savolga Usoma ibn Munqizning "Ibrat kitobi"ni misol keltirgan edilar. O'shanda qiziqib, tumanimiz markazidagi kutubxonadan ushbu kitobni topib o'qigandim. Allaqachon o'zbek tiliga o'girilgan bu dunyoga mashhur asar bugungi kunda eng jonli, ishonchli va yaxshi saqlangan noyob manba sifatida AQSh Kongress kutubxonasida saqlanar ham ekan. Salib urushlari davrida yashagan ushbu real tarixiy shaxs o'zi ko'rgan-kechirganlarini kundalik tarzida xatga tushirgan. Usoma ibn Munqiz ritsarlarning jasoratini e'tirof etsa-da, ularning o'ta isqirt bo'lganini, oylab yuvinishmaganidan badbo'y hid taratib yurishini, ustlaridagi kiyimlari, qalqon va sovutlari esa qon hamda kir dog'laridan qorayib ketganini ochiq yozadi. Aslida, Usomaning kundaligisiz ham XI-XII asrda salibchilarning tozalik va gigiyenaga munosabati qay ahvolda bo'lganini, kuniga besh vaqt tahorat olib, namoz o'qiydigan musulmonlarning madaniyati esa naqadar yuqori bo'lganini dunyo yaxshi biladi. Ridli Skot qanchalik daho rejissyor bo'lmasin, Gollivudning g'arbparastlik siyosati va AQSh mafkurasi ta'sirida kinoni ochiqchasiga manipulyatsiya quroliga aylantirgani ko'rinib turibdi. Xullas, gapirsa gap ko'p. Xo'sh, manipulyatsiya qurboniga aylanib, manqurt bo'lgan yaxshimi yoki tanqidiy fikrlab, haqiqatni ko'ra oladigan erkin inson bo'lganmi yoki shunchaki loqayd iste'molchiga aylanish kerakmi? Aslida bu dunyoda faqatgina sof muhabbat va san'atdan zavqlanib yashash mumkin edi, afsuski, eng buyuk san'at turlaridan biri bo'lgan kinoning ham rasvosini chiqarishmoqda. G'arbning bugungi "inklyuzivlik" va turli irq vakillarini sun'iy ravishda tiqishtirish hamda "ranglilar"ni siyosatiga moslashaman deb, yana bir daho rejissyor Kristofer Nolanning ham eng muhtasham bo'lishi kutilayotgan yangi asarini hozirdan barbod qilayotganini ko'rib, odamning hafsalasi pir bo'lmay iloji yo'q. TAMOM @bookxana

293 views

Diposting 24 Mei

#1/2 SAN'ATMI YOKI MANIPULYATSIYA QUROLI: "Muqaddas Zamin" filmini tahliliy ko'rish. Ancha yillar avval rejissyor Ridli Skotning 2005-yilda suratga olingan "Muqaddas zamin" ("Kingdom of Heaven") filmini ko'rgan edim. Men ham ko'pchilik qatori bu kinoning vizual estetikasi va tarixiy muhitning mohirona tasvirlanganiga mahliyo bo'lib, uni katta qiziqish bilan tomosha qilgandim. Ayniqsa, Salohiddin Ayyubiyning dono hamda adolatparvar sulton sifatida ulug'lanishi meni Ridli Skotning xolisligiga qoyil qoldirgan va rejissyorga nisbatan ich-ichimdan hurmat uyg'otgan edi. Yaqinda o'sha nostalgiyani qumsab, muhtasham bir tarixiy film tomosha qilish istagida kinoni qayta ko'rdim. Ko'rdim-u, kino xotiramdan butkul o'chib ketganini angladim. Eng qizig'i, vaqtida uni hech narsani tushunmay, shunchaki bolalarcha qiziqish bilan tomosha qilgan ekanman. Bu gal filmda Gollivudning g'arbni markazlashtirish (evrotsentrizm) g'oyasi shundoqqina g'ashni keltiradigan darajada bo'rtib turgani yaqqol ko'zga tashlandi. Rejissyor ushbu mafkurani tomoshabin ongiga singdirish uchun tarixiy faktlarni qo'pol ravishda buzib ko'rsatgan va ochiqchasiga manipulyatsiyaga qo'l urgan. Birinchi manipulyativ yolg'on salibchilarning Quddusda tinchlik o'rnatuvchi va shahar aholisining najotkori, Salohiddin Ayyubiy va musulmonlarning esa tashqaridan bostirib kelgan tajovuzkorlar sifatida tasvirlanishidir. Eng alam qiladigani shundaki, bu g'oya yashirin emas, qahramonlar tili bilan ochiqdan-ochiq aytiladi. Vaholanki, bu mutlaqo yolg'on-ku! Salibchilar Quddusga muqaddas g'oyalar uchun emas, boylik va o'lja ilinjida kelganini, shahar bosib olingach, tub aholi bo'lgan musulmonlar va yahudiylarni shafqatsizlarcha qirg'in qilganini hamma biladi. Salohiddin Ayyubiy esa o'z yurtini ozod etish va bosqinchilarini Quddusdan haydab chiqarish uchun kurashgan. Bu hech kim rad eta olmaydigan tarixiy haqiqatdir. Vizual tomonga e'tibor qaratsangiz (aslida e'tibor berish ham shart emas, yaqqol ko'rinib turibdi), musulmonlar qora, kir va chang-to'zon ichidagi kiyimlarda, salibchilar esa oppoq, toza va ulug'vor liboslarda tasvirlanadi. Vaholanki, arab cho'llarida yashaydigan odam hech qachon qora kiyinmaydi, buni oddiy mantiq ham rad etadi. Yaqin Sharqning jazirama iqlimi quyoshdan saqlanish uchun oq va och rangli liboslar kiyishni taqozo qiladi. Musulmonlarning ommaviy qora kiyimlarda tasvirlanishi shunchaki tomoshabinni manipulyatsiya qilishdan boshqa narsa emas. >>> davomi pastda

264 views

Diposting 24 Mei

Haddan tashqari chuqurlashish va hayotni murakkablashtirish odamni baxtsiz qiladi. Biroq hayotni murakkablashtirmaslik uchun ham uning murakkabliklarini yaxshi anglab yetish kerak. @bookxana

275 views

Diposting 24 Mei

Haddan tashqari chuqurlashish va hayotni murakkablashtirish odamni baxtsiz qiladi. Biroq hayotni murakkablashtirmaslik uchun ham uning murakkabliklarini yaxshi anglab yetish kerak. @bookxana

280 views

Diposting 24 Mei

Meningcha, sevgi mutlaqo chuqur o'ylanmagan muhitda dunyoga keladi. Biroq vaqti kelib, chuqur o'ylarga g'arq bo'lganimizda, aynan o'sha soddagina tuyulgan sevgi bizni halokatdan qutqarib qoladi. @bookxana

304 views

Diposting 23 Mei

Miyangga bir fikr o'rnashib oladi. Keyin uni kim bilandir uzoq muhokama qilib, avra-astarini ag'darib tashlasanggina, u fikr miyangdan chiqib ketadi. Bunday paytda odam o'zini o'zi qutqara olmaydi. Fikrni yolg'izlikda chiqarib tashlab ham bo'lmaydi. Bu xuddi qo'ling yetmaydigan joying qichiganda, uni qashib qo'yadigan birovga ehtiyoj sezishdek tabiiy holat. Kulgili o'xshatish, shunday emasmi? Ammo inson ruhi ba'zan shunday g'alati, kulgili tasallilarga muhtoj bo'ladi. Qalbingning eng qorong'i joylariga yashirib qo'ygan ayanchli o'zligingni, jirkanch yoki g'alati fikrlaringni kimgadir oshkor etging keladi. Va shu rasvo holingda ham seni qabul qiladigan birini istaydi ko'ngling. Bu do'stlikdan ham chuqurroq, o'ta samimiy va ayni vaqtda mudhish bir munosabat. Balki bunday yaqinlikni hech bir nom bilan ifodalab bo'lmas. Aslida esa u nomga muhtoj ham emas. Shunday munosabatga bir kun kelib hamma ehtiyoj sezadi. Balki ko'pchilik aynan shunday yaqini yo'qligi uchun ham o'zini yolg'iz his qilar. @bookxana

379 views

Diposting 23 Mei

Hech kuzatganmisiz: onalar haqida yozilgan asarlar odatda sodda va samimiy bo'ladi. Siz chuqur ma'noli, so'z o'yinlariga boy, murakkab uslubdagi asarlarni o'qib, bora-bora sodda bitiklarni mensimay qo'yasiz. Ammo yozuvchilar ham aynan ona mavzusiga kelganda beixtiyor soddalashib qoladi. Shoirlar oddiy so'zlardan foydalanadi, nosirlar esa juda sodda gaplar tuzadi. Ajablanarlisi shundaki, mana shu soddagina yozilgan ona haqidagi asarlar baribir bizni hayratga soladi, o'ylantiradi, hayajonga soladi. Shu o'rinda trend bo'lgan bir so'z bilan qisqacha ta'rif beradigan bo'lsak, buni Onaning Aurasi deyish mumkin. @bookxana

439 views

Diposting 23 Mei

She'rni shoirning o'zi o'qisa, boshqacha kayf-da baribir. Chetlarda mehringiz sog'indim ona, Hech kim menga emas sizday parvona, Uyim ham uzoq siz kutar ostona, Musofir o'g'lingiz sog'indi ona. Shoir QUDDUSXON @bookxana

357 views

Diposting 23 Mei

Kun.uz da shunday yangilik chiqsa-da: "Ish turidan, xususiymi, davlat korxonasimi, O'zbekiston fuqarolari 5 kunlik ish tartibiga o'tadi. Shu bugun, shanbadan qaror kuchga kirsin", degan Prezidentimizning gaplari bo'lsa unda... ​Orzuni qara 🤦‍♂️😅 ​Odam kattargani sari orzulari maydalashib ketaverar ekan. @bookxana

385 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••7778
SebelumnyaHal. 1 dari 78Berikutnya