TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
KITOBLAR DUNYOSI avatar

TGINSIGHT CHAT

KITOBLAR DUNYOSI

@boookofftheword

Buku

Kitoblar dunyosi hamda dunyo kitoblari jamlangan sarhad...

Pelanggan87Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak303Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini6,125Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 1 dari 26 · 303 postingan

Diposting 1 Sep

#Mustaqilligimizning_30_yilligi #Respublika_Ziyo_nashr_nashriyoti #Fargona_filiali ⚡Andijon viloyati Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Bolaga kitob bering" shiori ostida arzonlashtirilgan kitob savdo yarmarkasi tashkil etildi. Bunda "Ziyo nashr" nashriyoti tomonidan eng yaxshi tashkilotchi MTMlar taqdirlanishdi!🥳 🥇1. Asaka tumani 15-bog‘cha 1-o'rin uchun 43 ekranli televizor. 🥈2. Jalalquduq tumani 1-bog'cha 2-o‘rin uchun pech. 🥉3. Bo‘ston tumani 26-bog'cha 3-o‘rin uchun elektr go'shtqiymalagich. 🏆4. Asaka tumani 10-bog‘cha 4-o‘rin uchun vaucher. 🏆5. Shahrixon tumani 20-bog'cha kitoblar jamlanmasi 📚 🏆6. Jalalquduq tumani 41-bog‘cha kitoblar jamlanmasi📚 Bizga tashkiliy masalalarda yordam bergan barcha Andijonliklarga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz... 😊 Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! "ZIYO NASHR" doim siz bilan!!!❤️

792 views

Diposting 20 Jul

🕋Assalomu alaykum, xayrli kun, Azizlar! Qurbon hayiti – Iyd al-Adha (عيد الأضحى) muborak bo'lsin! Olloh har bir muslimning niyatini ijobat aylasin, har qadamda O'zi qo'llasin! Ulug' ayyomlarga yetkazganiga shukr! Kuningiz fayzli va barokatli o'tishini tilab,"Ziyo nashr" Jamoasi! Biz bilan birga ekanligingizdan shodmiz, Qadrdon!❤️ #Eid_mubarak 🌏Facebook 📸Isntagram 📧Telegram 👥Telegram Chat Group

590 views

Hashtags

Diposting 2 Jul

Oʻzbekiston gerbi 29 yoshda Bundan 29 yil avval aynan shu kunda qabul qilingan qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi. #Kun_tarixi 🌏Facebook 📸Isntagram 📧Telegram 👥Telegram Chat Group

597 views

Hashtags

Diposting 25 Jun

🤩Millionlab kitobsevarlarni birlashtirgan “Yosh kitobxon” tanlovining yangi mavsumiga arizalar qabuli boshlandi! 🤗Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting. 👉Yangi mavsum adabiyotlari ro‘yxati bilan tanishing. 😊Unutmang, har qanday muammoning yechimi kitobda! #Yosh_kitobxon 🌏Facebook 📸Isntagram 📧Telegram 👥Telegram Chat Group

443 views

Diposting 1 Jun

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Kelajak tarix bilan bunyod etiladi deyilganidek, ushbu kuning ham o’z tarixi bor. Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlash taklifi 1925-yil Jenevada ilgari surilgan va 1950-yildan esa 1-iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Bolajonlarimizni bugungi ajoyib bayram bilan qutlaymiz!😊 #Kun_tarixi 🌏Facebook 📸Isntagram 📧Telegram 👥Telegram Chat Group

475 views

Hashtags

Diposting 25 Mei

Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик — Поздравление всем выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

387 views

Diposting 3 Mei

🌍3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 1993-yilning 3-may sanasini “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb eʼlon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Oʻshandan buyon har yili 3-may kuni dunyo boʻylab Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanadi. Matbuot xodimlari, jurnalistlarga 3-may – Jahon Matbuoti erkinligi kuni muborak boʻlsin! #Kun_Tarixi 🌏Facebook 📸Isntagram 📧Telegram 👥Telegram Chat Group

523 views

Hashtags

Diposting 27 Apr

"Assalom, Farg'ona!'' dasturining bugungi sonida "Ziyo nashr" MChJ (Farg‘ona) xodimasi, ''Kelajak bunyodkori'' medali sohibasi Shoiraxon Karimova bilan suhbat bo'lib o'tdi. 📌Tez fursatlarda suhbatni taqdim etamiz... #kitobxon#olima#shoira 🌏Facebook 📸Isntagram 📧Telegram 👥Telegram Chat Group

472 views

Diposting 26 Apr

#KUN_TARIXI Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanida tavallud topgan. U oʻnga yaqin sheʼriy toʻplam, koʻplab qoʻshiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki sheʼrlari “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida 1976-yili eʼlon qilindi. 1998-yili Muhammad Yusufga “Oʻzbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi. Shoir 2001-yilning 1-avgust kuni 47 yoshida olamdan oʻtdi. "Ziyo nashr" tomonidan shoirning"Alyorim qolur" va "Aytilmagan qo‘shiqlarim" nomli she'riy to‘plamlari nashr qilingan. #Xotira 🌏Facebook 📸Isntagram 📧Telegram 👥Telegram Chat Group

409 views

Diposting 23 Apr

📚1996-yil 22–23-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi boshchiligida (300dan ortiq vakillarimiz ishtirokida) YuNESKOning Parij shahridagi bosh qarorgohida "Amir Temur va temuriylarning insoniyat sivilizatsiyaga qo‘shgan hissasi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan. Konferensiya yakunida YuNESKO tomonidan 23-aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni deb belgilangan. Har yili ushbu kun dunyo jamoatchiligi tomonidan bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. #Kun_tarixi 🌏Facebook 📸Isntagram 📧Telegram 👥Telegram Chat Group

400 views

Hashtags

123•••10•••20•••2526
SebelumnyaHal. 1 dari 26Berikutnya