TGINSIGHT CHAT
"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ
@buxenergo
Bisnis dan startup"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning telegram tarmog’idagi rasmiy kanali. Elektr energiyasi bilan bog’liq murojaatlar uchun @Buxoro_HETK_muloqot Ishonch telefoni: 1154, (0 365) 225-43-88
Postingan terbaru
Hal. 1 dari 84 · 1,005 postingan
Diposting 10 Mei
⚡️ Navoiy Media haftalik mash’alasi – sifat raqamlarda yonmoqda ✅ Navoiyda media haftalik yakunlandi. Bu yerda olingan bilimlar aniq yo‘nalishga, aniq natijaga aylandi. Jarayon ishtirokchisining yondashuvi boshqacha: u endi strategiya asosida ishlaydi, reputatsiyasini kapitalga aylantiradi, har bir ma’lumotni dalil bilan mustahkamlaydi. ✅ U sun’iy intellektni kontentga qo‘shadi, har bir g‘oyani hikoyaga aylantiradi, algoritmlar orqali qamrovni boshqaradi. Tasvir va montajda dinamika va sifatni uyg‘unlashtiradi, natijani esa raqamlar orqali o‘lchaydi. Eng muhimi – u auditoriya bilan muloqotni kuch sifatida ishlatadi. 👍 Navoiy otashi endi 12–15- may kunlari Buxoroda alangalaydi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Diposting 9 Mei
“Hududiy elektr tarmoqlari ” AJ jamoasi “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi! Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilab qolamiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon boʼlsin! Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Diposting 8 Mei
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tadbirkorning quyosh panellarini o’rnatish va tarmoqqa ulashda elektr ta’minoti korxonalari tomonidan beriladigan texnik shartlarni olishda kuzatilayotgan muammolar yuzasidan qilgan murojaati “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan nazoratga olinganligini va videomurojaatda keltirilgan holatlar qonun talablari asosida o’rganib chiqilishini bildiramiz. Quyosh panellarini tarmoqqa ulashda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 9-oktyabrdagi 652-son qarorining 103 bandiga binoan tarmoqlar va transformatorlar maksimal quvvatining 25 foizi miqdorida qabul qilinganligini ma’lum qilamiz. Shuningdek, ulanish imkoniyati mavjud bo’lmaganligi to’g’risida berilgan xabarnomalarda qaror talablari umumiy ko’rsatilgan bo’lib, endilikda ulanish imkoniyati bo’lmaganligi to’g’risida taqdim qilinadigan xulosalarga qaror asosida chuqur tahlillar bilan aniq tushuntirish berilishi nazoratga olinganligini bildiramiz. “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
Diposting 7 Mei
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING! Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz: Ishonch telefoni: +998781507561, Telegram-bot: @HETanticor_bot , Call-markaz: 1154 Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan. 💬Facebook | Telegram | 🌐Veb-sayt | 📞1154
Diposting 7 Mei
⚡️Yangilanayotgan tarmoq ertangi barqaror elektr ta’minoti kafolatidir. Ta’kidlash joizki, so’ngi yillarlarda barcha hududlarda aholini uzluksiz va me’yor darasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash, iste’molchilarga sifatli xizmat ko’rsatish uchun keng ko’lamli modernizatsiya va yagilash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro shahrini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda. hududlaridagi 4 000dan ortiq iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash uchun 4 500 metr uzunlikdagi, yangi yer osti kabel tarmog’i tortilmoqda. Shuningdek, hududga qo’shimcha ravishda 1 dona quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan. Belgilangan vazifalarni o’z vaqtida bajarish uchun Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining 50dan ortiq xodimlari va 4 ta maxsus texnikalar jalb etilgan. 💬Facebook | Telegram | 🌐Veb-sayt | 📞1154
Diposting 7 Mei
Elektr uzatish tarmog’ida yangilash ishlarining olib borilayotganligi munosabati bilan Buxoro shahrining “Dilkusho”, “Sa’diy Sheroziy” hamda "Ibn Sino" MFY hududlari energiyasi ta'minotida 2026 yil 7 may kuni soat 10:30dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz. Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi 👉👉👉@buxenergo
Diposting 6 Mei
🏬 Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarni sifatli va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ "Ko`p qavatli binolarga xizmat ko’rsatish" bo`limi xodimlari tomonidan o’rganish ishlar olib borilmoqda. 🔧 Ayni kunlarda mas’ullar ko‘p qavatli uylarning 0,4 kVli elektr taqsimlash shitlarini xatlovdan o‘tkazmoqda. Jarayon davomida elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bo’yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilib, bosqichma – bosqich bartaraf etish cho’yicha chora – tadbirlar ishlab chiqilmoqda. ⚡️ Aytish o’rinliki, amalga oshirilayotgan ishlar aholini uzluksiz, barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga hamda tarmoqdagi ortiqcha yo’qotislarni oldini olishga xizmat qiladi. 💬Facebook | Telegram | 🌐Veb-sayt | 📞1154
Diposting 6 Mei
Elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro tumanining "Ko'chkisafed", "Qavola Mahmud", "Shexoncha", "Ko'chko'mar" MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 6 may kuni soat 09:00dan 13:00ga qadar; “Qushqodim”, "Bog'ikalon" MFY hududida13:00dan 17:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz. Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi 👉👉👉@buxenergo
Diposting 5 Mei
⚡️ Elektr qurilmalari ta’mirlanmoqda 🔧 Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Elektr qurilmalari va tarmoqlar ko’rikdan o’tkazilib, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. 👷♂️ Joriy yildan jamiyat tomonidan 15 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalar, 838 ta taransformator punktlari, 3000 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda elektr qurilmalari belgilangan grafik asosida bosqichma – bosqich ta’mirlanmoqda 💬Facebook | Telegram | 🌐Veb-sayt | 📞1154
Diposting 5 Mei
📌"Yangi O‘zbekiston nafasi har bir mahallaga, xonadonga kirib borishi kerak!" - Botir Zaripov Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Diposting 5 Mei
“Chorbar” va “Rabotak” elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro tumanining "Amirobod guliston", "Podshohi" MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 5 may kuni soat 09:00dan 15:00ga qadar; “Rabotak” MFY hududida10:00dan 13:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz. Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi 👉👉👉@buxenergo
Diposting 4 Mei
"Talija" va “Abdulla Nabiyev” elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro shahrining “Chorbaxossa”, “Jo’ybor”, “Xo’ja G’unjoriy” hamda "Abduxoliq G’ijduvoniy" MFY ayrim hududlari energiyasi ta'minotida 2026 yil 5 may kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz. Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi 👉👉👉@buxenergo