Isi
#Haqida 🪶 IKAR — Ilk Katta Adabiy Rezonans, “Factor books” nashriyotining kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi adabiy mega loyihasi! 💫 Tanlovning yagona sharti: O‘QISH KERAK! 4 ta eng sara asarlarni mutolaa qilish va bu kitoblardan bo‘ladigan bellashuvda ishtirok etib, g‘olib bo‘lsa kifoya! ➺ Usmon Azim,“Bir parcha osmon”:Eng yangi va eng mashhur she’rlar, drama hamda triptix hikoyalar; ➺ Erkin Aʼzam,“Anoyining jaydari olmasi”:O‘nlab hikoyalar, “Otoyining tug‘ilgan yili”, “Halinchak uchayotgan qizaloq” qissalari; ➺ Murod Muhammad Doʻst,“Galatepaga qaytish”: “Galatepaga qaytish” va “Iste’fo” qissalari; ➺ Xurshid Davron, “Samarqand xayoli”:tarixiy-badiiy badialar. P.s. O‘zingiz mutolaadan yiroq insonmisiz? Xavotirlanmang, to‘plamni yaqinlaringizga tuhfa qilishingiz ham mumkin. Bejirim va manfaatlilikda IKAR sizni uyaltirib qo‘ymaydi! 📞 95 035 9511 📞 95 079 9511 📲 BUYURTMA BERISH 👈 @Factor_books — kitobxonlar tomondamiz! 😎