Isi
Nashriyotning "IKAR" loyihasi doirasida chop etilayotgan Usmon Azimning "Bir parcha osmon" kitobi kishi qalbini sel qilib yubordi. Judayam ko‘p gapirgim, yig‘lagim kelyapti... "Kuz kunlari, bahor kunlari" triptik hikoyasidan *** Shodmonbekov qabristondan chiqayotib ortiga qaradi. Van Gog yana boshi xam – qovjirab o‘tiribdi... Kimni kutyapti? Taqdirning kelib kechirim so‘rashinimi? Taqdirning u bilan nima ishi bor! U yozmishdagi ishini bajaradi-da, oxir-oqibat, ana, qabrga tiqib ketaveradi! Xuddi shunday!.. Xuddi shunday!.. Ey Parvardigor! Sir-asroring buncha ko‘p! Bu asrorga sheriklar ham uni oxirigacha bilmaydi. Bil-maydi! Nega yana ko‘zimga yosh keldi? Nega buncha yurak og‘riydi? Nega?.. Ammo yashash kerak. Bu dunyo yelkangga tashlagan yukni zo‘riqib bo‘lsa ham tortib, yashash kerak! Hushyor bo‘lmasang... *** Hali ko‘p yozaman bu haqida... Kitob – najot, ilm – mulk https://t.me/noshirqizdaftari