Isi
☁️ BIR PARCHA OSMON... 🪶 Usmon Azim — yorqin xarakter sohibi. Uning oʻziga xos qiyofasi, nigohi, hatto soʻzlash ohangi bor! Bu har bir sheʼr-u bitiklarida yaqqol koʻrinib turadi... 🕯 Qiyofasiz ijodkorning oʻzi ham, soʻzi ham birovlarning soyasi bo‘ladi. Usmon Azimning esa bir turkum sheʼri yoki turli janrdagi qoralamalari imzosiz eʼlon qilinsa, zukko oʻquvchi uni qiynalmasdan payqashiga ishonchimiz komil. Soʻz, ohang, mavzu, obrazda originallikka erishgan ijodkor uchun bu juda katta eʼtirofdir! 🖌 Usmon Azim shoir boʻlib tanilgandan beri oʻzini yozadi! Bu “Oʻz” goh masrur oʻgʻil, goh beparvo uka, goh oqibatli doʻst, goh qaysar oshiq, goh roʻzgʻor tashvishlari-yu turmushning keraksiz hashamatlariga koʻmilgan er, goh murosasiz kurashchi, goh faqatgina yolgʻizlik va erk istagan ozurda qalb sohibi sifatida namoyon boʻladi... 💥 Tez kunda, yerda yurgan bir parcha osmonning navbatdagi ko‘ngil hodisalaridan bahramand bo‘lasiz... 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!