TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #27

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan4,750Jumlah tampilan
Diposting30 Apr30/04/2022, 16.15
Isi postingan

Isi

🍏 ANOYINING JAYDARI OLMASI... 🪶 Erkin Aʼzam — Shukur Xolmirzayev “ochgan ariq”dan suv ichgan adibdir. Adabiyotimizga tuhfa etgan turli janrdagi go‘zal ASARlari uchun har qancha minnatdor boʻlsak arziydi! 🔏 Erkin Aʼzam asarlarini choʻkirtikanak gaplar, istehzo-yu kinoyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Gulmix jumlalar, soʻzni zargarona, “chertib-chertib” ishlatish yozuvchining noyob mahoratidir. Bu adib feʼl-atvoridagi sanjoblik bilan chambarchas bogʻliq. ❗️Erkin Aʼzam xonaki adabiy udumlar-u oʻtkinchi bayonchilikdan yiroq yozadi, sodda qishloq odamlarini ham, murakkab xarakterli shaxslarni ham nihoyatda teran ifodalaydi. 💥 Tez kunda adibning “jaydari olmalar”idan birga bahramand boʻlamiz... 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!