TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #277

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan3,010Jumlah tampilan
Diposting29 Okt29/10/2022, 08.12
Isi postingan

Isi

#ikardan_parcha📚😌 BOYSUNNI SOGʻINIB Yomg‘ir, keldingmi? Chashmalar quridi, ekinlar qovjiradi, boshimizdan chang yog‘di – sen kelguncha. Ne kunlarga qoldik. Yog‘! Qorga ham aylan. Tog‘larni qor bossin. Huv qirda ekin ekkanman – ko‘karsin. Omborlar donga, dasturxon nonga to‘lsin. Yoz kunlari suvga to‘yib, shovillasin bog‘lar. Ariqlar to‘lib oqsin... Parvardigor meni unutmadi, deb yig‘lab olsin birov... Bu yig‘idan tug‘ilgan bola yomg‘ir haqida she’r yozsin – Parvardigorni sog‘inib... ✍️ Usmon AZIM 📚"Ikar" to‘plamidagi "Bir parcha osmon" kitobidan