Isi
🤲KATTA YO‘LGA USTOZLAR DUOSI BILAN CHIQAMIZ! 🤩 Va nihoyat “Ikar” to‘plamining ilk kitobi nashrdan chiqdi. Tez orada qolgan uchalasi ham chop etilib, to‘plam holida sotuvga chiqadi! 🔥 Daryoqalb, jo‘shqin ijodkor, o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Usmon Azimning “Bir parcha osmon” kitobi ustozning o‘zlariga ham juda ma’qul bo‘ldi. Muallifning insonni sel qiluvchi turli janrdagi asarlarini o‘qib, mamnun bo‘lasiz, degan umiddamiz. Ustoz loyihamizni qo‘llab-quvvatladi va oq yo‘l tilab, duo berdilar. Biz tayyormiz! 🔜 Oz qoldi, hademay qolgan asarlar ham nashr etiladi hamda ustozlar duosini olib, qo‘lni shimargan holda, g‘ayrat va shijoat bilan tanlovga start beramiz! 💥 Tez kunda barcha sirlarga aniqlik kiritiladi. Ishonavering, hali bunaqasi bo‘lmagan! 🔥 IKAR — ILK KATTA ADABIY REZONANS!