TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #282

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan920Jumlah tampilan
Diposting6 Nov06/11/2022, 11.55
Isi postingan

Isi

#haqida Rus yozuvchisi Grigoriy Baklanov o‘tgan asrning 80-yillarida “Drujba narodov” jurnalida chiqqan maqolasida Murod Muhammad Do‘st hikoya uslubining bir muhim jihati to‘g‘risida gapirgandi. U ham bo‘lsa, M.M.Do‘st asarlarida yozilganidan ko‘ra anglashiladigani ko‘proq ekani, bu yozilmagan qism farosatli o‘quvchi ong va tafakkuriga ko‘chib, unda o‘sib borishi haqidagi fikr edi. Darhaqiqat, Murod Muhammad Do‘st iste’dodining muhim jihatlarini o‘zida mujassam etgan “Galatepaga qaytish” qissasining ham fikriy-g‘oyaviy, ham badiiy kurtaklari didi yuksak har bir o‘quvchi ichki dunyosida o‘zining yangi va kutilmagan umrini davom ettirajak. ©Rahmon QO‘CHQOR 📲IKAR KITOBLARIGA BUYURTMA👈 📞 +998950359511 📞 +998950799511 Telegram | Facebook | Instagram