Isi
“IKAR KARVONI” DOIRASIDA OʻTKAZILADIGAN UCHRASHUVLAR DASTURI: 1. Taqdimot. “Ikar” loyihasi bilan bogʻliq qisqa roliklar namoyish etiladi! 2. Loyiha mualliflarining chiqishi. Nashriyot faoliyati, “Ikar” loyihasi va kelgusi rejalar haqida ma’lumot beriladi. 3. Navbat mezbonlarga! Mezbonlar tomonidan sheʼriy chiqishlar va faoliyatimizni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflarni tinglaymiz. 4. “Moʻynali mantodagi madonna” va “Gʻoyib boʻlgan atirgul” kitoblari taqdimoti. Bunda yutuqli viktorina va qiziqarli oʻyinlar ham rejalashtirilgan. 5. Nashriyot faoliyati yuzasidan savol-javob! Bu qismda “Ikar” kitoblari bilan bogʻliq baʼzi haqiqatlar ham ochiqlanadi. 6. Kutilgan viktorina! Avtomobil yutib olish mumkin boʻlgan promokodli “Ikar” toʻplami sovrin sifatida qoʻyilgan qiziqarli viktorinada kitobxonlar oʻz bilimlarini sinaydilar(IKAR to‘plami, mualliflar hayoti va ijodi bilan tanishib chiqishni unutmang) Telegram | Facebook | Instagram