Isi
🏛️“IKAR karvoni” NamDUda “IKAR” nima? IKAR - bu Ilk Katta Adabiy Rezonans. Bugun Namangan davlat universitetida “IKAR KARVONI” loyihasi doirasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Ikar” loyihasi bilan bogʻliq qisqa roliklar namoyishi, loyiha mualliflarining chiqishi, talabalar tomonidan sheʼriy chiqishlar, “Moʻynali mantodagi madonna” va “Gʻoyib boʻlgan atirgul” kitoblari taqdimoti, yutuqli viktorina va qiziqarli oʻyinlar boʻlib oʻtdi. Eng kutilgan viktorina - avtomobil yutib olish mumkin boʻlgan promokodli “Ikar” toʻplami sovrin sifatida qoʻyilgan qiziqarli viktorinada kitobxon talabalar oʻz bilimlarini sinadilar. Uchrashuv soʻnggida universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi. Loyiha mualliflari ham universitet jamoasiga kitoblar jamlanmasi taqdim etishdi. Kanalga obuna bo'ling 👉https://t.me/namdu309