TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
#Lirik_chekinish KELMADING Sen kelar yoʻllarga tikildim bedor, Tikildim boʻralab yoqqanida qor, Tikildim gullarin sochganda bahor, Kelmading, kelmading, jonim, kelmading. “Xayr!” deya ketding, qayrilmading hech, Ammo, yuragimdan ayrilmading hech, Nahotki, endi kech, nahot, endi kech, Kelmading, kelmading, jonim, kelmading. Ma’yus koʻzlaringni dilga joyladim, Yoʻllarning boshida seni poyladim, Ammo, bekor ketdi kun-u oylarim, Kelmading, kelmading, jonim, kelmading... ©Xurshid DAVRON, O‘zbekiston xalq shoiri, IKAR to‘plamidagi “Samarqand xayoli” kitobining muallifi Telegram | Facebook | Instagram