Isi
#Mutolaa 📖 Yolgʻizoyoq yoʻlning chetlarida – past-u baland, lekin usti birday yassi tepachalar. Ular goʻdak Gʻaybarovga gʻalatiroq boʻlib koʻrindi. Ammadan bu nima, deb soʻradi. Amma tushuntirdi, manavinisi oʻt, manavinisi gul, deb aytdi, anavi sariqqinasi qoʻzigul, qoʻzigulni qoʻzichoqlar xush koʻradi, “kurt-kurt” qilib yeydi, anavilari qoʻziquloq – qoʻzilarning qulogʻiga oʻxshaydi, hali ular barra, kichkina, borib-borib katta boʻlib ketadi... Amma tepaliklarni goʻr deb atamadi, shunchaki, “tepacha” deb tushuntirdi, keyin yana bir gapni qoʻshib qoʻydi: “Bularni odamlar yasagan, tagidayam odamlar bor!” Rostini keyinroq Raim oqsoqol aytadi: “Galatepa deganing olam zamondan beri muqim, umr-u tarixi Jomdan kam emasdir. Mozorga ketar yoʻlning ikki tarafiyam pastak doʻnglik, goʻrga hech oʻxshamaydi, tekislanib ketgan, lekin asli u yerlar ham mozor, bir zamondan qolgan ekan... ©Murod Muhammad Do‘st, “Galatepaga qaytish” asaridan Telegram | Facebook | Instagram