Isi
Hududlarda IKAR to‘garaklari faoliyat yuritmoqda! O‘zbek adabiyotini targ‘ib qilish va kitob o‘qigan insonlarni munosib rag‘batlantirishni maqsad qilgan IKAR loyihasiga qiziqish kun sayin kuchaymoqda! Fikrimiz isboti o‘laroq, Namangan viloyatida IKAR to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilibdi. O‘quvchilar har oy pul yig‘ib, navbat bilan to‘plamni xarid qilishayotgan ekan. Muhimi, ular kitob o‘qishyapti, o‘qiganda ham, O‘ZBEK ADABIYOTIning eng sara durdonalaridan bahramand bo‘lishyapti! Bu biz uchun yangilik bo‘ldi. To‘garak a’zolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 ta IKAR to‘plami nashriyot tomonidan Namangan viloyatiga jo‘natildi. Ayni paytda kitoblar yetib borgan, o‘quvchilar esa mutolaaga jiddiy kirishishgan. Ilohim, kitob o‘qiydigan insonlar safi kengayaversin. Ilmingiz bundan-da ziyoda bo‘lsin. Tanlovda omad tilaymiz! Telegram | Facebook | Instagram