Isi
IKARni o‘qish tartibi (1-qism) ❗️ Loyiha qizg‘in pallaga kirdi. Ko‘pchilik kitobxonlar to‘plamni to‘liq o‘qib tugatmoqda. Ishtirokchilarni kitobni qanday o‘qish, savollar qay tartibda tuzilishi haqidagi savollar qiynamoqda. 📚 Yangi yildan so‘ng ovozli chat orqali sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beriladi; 📚 Dam olish kunlari audiochat orqali IKAR muhokamasi tashkil etiladi; 📚 Haftada 2-3 ta namunaviy savollarni e’lon qilib boshlaymiz. ✅ Kitoblarni to‘tiqushdek yodlab olmang, o‘qiyotgan jumlalaringizning ma’nosini chaqib, tushunib mutolaa qiling, bo‘ldi. ⏱ Tanlov sharti judayam oddiy. Telegram bot orqali savollarimizga tezkor javob bersangiz bo‘ldi. Chunki millisekundlar ham juda ko‘p narsani hal qiladi. Bu uchun to‘plamni yaxshilab o‘qishingiz kerak bo‘ladi! 🎯 Ortiqcha o‘y-xayollardan voz keching, fikringizni bir yerga jamlab o‘qing, uqing. Sababini qiling, avtomobil, albatta, sizniki bo‘ladi! Bu mavzuga hali ko‘p qaytamiz, hozir esa o‘qishda davom eting... Telegram | Facebook | Instagram