TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #369

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan1,110Jumlah tampilan
Diposting9 Jan09/01/2023, 05.05
Isi postingan

Isi

​​#Mutolaa Aqlini tanibdiki, u Raim oqsoqolni yomon koʻradi. Bola-chaqasi bilan birga oʻtirib qargʻaydi. Raim oqsoqol uning otasi Panjini oʻldirgan. Turdiqul shunday deb oʻylaydi... Aslida Panjini oʻldirgan Raim oqsoqol emas, boshqa odam – Ochil Kuch. Ochil Kuchni esa birov hisobga qoʻshmaydi. Ochil Kuch guppiroq odam, gapga tez uchadi. Umr boʻyi birovlarning qutqusiga qul boʻlib oʻtdi. Uni Raim charxlagan, keyin Ochil Kuch Panjini otgan, deb oʻylashadi. Goʻyoki Panji oʻgʻri devordan oshib qochmoqchi boʻlganida Raim oqsoqol egar qoshiga iligʻliq miltigʻini erinibroq qoʻlga olgan: “Otaymi, Kuch?” Ochil oʻzining Kuch laqabini eshitgan mahali bir gaz oʻsardi, hovliqib xitob qilgan: “Qoʻying, yurt ogʻasi, men oʻzim surobini toʻgʻrilayman!”. Ochil Kuch shunday gardankash odam edi. U hech baloni tushunmagan, beshotarni Raim oqsoqolning qoʻlidan yulqib olib, Panji oʻgʻrining naq ensasidan qoʻygan. Odam oʻldirib koʻrmagan-u, ishqivozligi boʻlganmi yoki qoʻrqqanidanmi, ishqilib, Panji oʻgʻrini Ochil Kuch otgani rost. Keyin u umr boʻyi maqtanib yuradi: varanglatib otdim! Raimning koʻngli boʻsh, yuragi betlamadi, oʻzim beshtigʻni olib, endi devordan oshgan mahali varanglatib otib tashladim! Ochil Kuch maqtanganda, Raim oqsoqol nochor iljayardi... ©Murod Muhammad Do‘st, “Galatepaga qaytish” asaridan Telegram | Facebook | Instagram