Isi
#trendda_ikar☺️ "Ikar" kitoblarini o'qiyapsizmi? Usmon Azim "Bir parcha osmon" kitobi"Kuz kunlari, bahor kunlari" triptix hikoyasidan *** – ...Ne deyin qiynalgan ko‘ngil qushimga? Azob uchishiga pichoq qadalgan. Bir dasta qizil gul esa tushimda Senga atalgan u, senga atalgan. Tushlarimdan tushib senga yetolmas Senga ataganim qip-qizil gullar. *** ...Van Gog yana boshi xam – qovjirab o‘tiribdi... Kimni kutyapti? Taqdirning kelib kechirim so‘rashinimi? Taqdirning u bilan nima ishi bor! U yozmishdagi ishini bajaradi-da, oxir-oqibat, ana, qabrga tiqib ketaveradi! Xuddi shunday!.. Xuddi shunday!.. Ey Parvardigor! Sir-asroring buncha ko‘p! Bu asrorga sheriklar ham uni oxirigacha bilmaydi. Bil-may-di! Nega yana ko‘zimga yosh keldi? Nega buncha yurak og‘riydi? Nega?.. Ammo yashash kerak. Bu dunyo yelkangga tashlagan yukni zo‘riqib bo‘lsa ham tortib, yashash kerak! 📲 Hoziroq buyurtma bering: @Factor_bookbot +998 95 079 95 11 🌐Batafsil ma’lumot:ikarfactor.uz Telegram | Facebook | Instagram