TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #376

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan1,120Jumlah tampilan
Diposting17 Jan17/01/2023, 04.19
Isi postingan

Isi

#asardan_parcha😌 “…Quturgan suv osma ko‘prikni yalay­-yalay deb oqadi, suv kuchli, u esa juda kichkina, chumoli orqalagan ushoqday, lekin katta bo‘lishni istay­di, kattalarday mard bo‘lishni, sovuqdan qo‘rqmaslikni, hatto qalin qorda ham Murod amakiday bemalol yalangoyoq yuraverishni istaydi. So‘ng girdobning chirpiraklari va pishqirgani, suvning sovug‘i... hamma­hammasi ko‘ngildan tashga chiqadi, ko‘zlari oldida u umrida ko‘rmagan yarim afsonaviy, qishning qorini yalangoyoq kechib yuradigan mard va chidamli odam – Murod amakining juda xira, lekin haybatli siymosi qad ko‘tarardi-yu butkul dunyoni to‘sib qo‘yadi!.. Murod amakining oriyatmand odamlarga o‘xshab o‘zi to‘qigan tarixi yo‘q. Uning tarixini boshqalar to‘qigan. Bi­ladigan va tushunadigan odamlar. Bu ko‘p serqayg‘u, lekin egasi uchun betashvish bir tarix. Uni hamma biladi. Murod amakining o‘zidan boshqa hamma biladi.” 🥹 Kitobni o’qiyapsizmi? Murod amaki haqida Siz nima deysiz? @ikarfactor - Hozir Ikar o’qish moda! 🤓