Isi
#asardan_parcha📚 “Maqsud topilsa yaxshi, yo‘qsa netayin, Boshimni olib qay sori emdi ketayin?.. “Maqsud topilsa yaxshi, – deb pichirlardi Boburning toliqishdan oqargan lablari, – maqsud topilsa yaxshi...” Alam bilan aytilayotgan bu so‘zlar uning ichida kuchli qiynoq jo ekanidan darak berardi. Dilini o‘rtayotgan fojiaga – vatandan “bosh olib ketmoqqa” Bobur mirzo ruhan tayyor edi. Xo‘sh, bosh olib ketish bilan Bobur nimaga erishmoqchi edi? “Gʻarazim bu ediki, – deb yozadi u bosh olib ketishdan ko‘zlagan maqsadi to‘g‘risida, – bu bahona bila oradan chiqsam, Mo‘g‘uliston va Turfonga borg‘onda xud hech mone va dag‘dag‘a qolmas. O‘z jilovim o‘zumning iligimda bo‘lur”. Biroq oradan chiqish va o‘z jilovi o‘z qo‘lida bo‘lish uchun ona yurtdan ayrilish, ochiqrog‘i, undan qochish Bobur mirzo yurak-bag‘rini qattiq o‘rtardi.” Xurshid Davron “Samarqand xayoli” kitobidan