TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← IKAR | FACTOR BOOKS
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT POST

Post #390

@ikar_factor

IKAR | FACTOR BOOKS

Tampilan1,260Jumlah tampilan
Diposting23 Jan23/01/2023, 06.13
Isi postingan

Isi

#asardan_parcha📚 *** – Ko‘p yaxshi gaplarning balandparvoz bo‘lib tuyilgani yomon, – dedi Gʻaybarov. – Aslida ular hammamizga daxldor, hammamizning ko‘nglimizda bor. Vatan, sadoqat va fidoyilik qalbda yashagani ma’qul, qonda e’tiqod bo‘lmasa, eng ulug‘ shiorlardan ham zarracha naf yo‘q. Shularni o‘ylab, kamsuqumlik bilan miq etmay yuramiz, qarabsanki, o‘zimiz ham sezmagan holda chekkaga chiqib qolibmiz... – To‘g‘ri, nutq so‘zlashga usta odamlarga ko‘proq ishonishadi, – deya ma’qulladi Samad. – Biror iblis sadoqatdan lof urgan paytda men soqov bo‘lib qolaman. Bu ham tamagir ekanda, deb o‘ylashlaridan qo‘rqaman. O‘sha iblis, so‘zamol ablah, ipirisqi mansabparast mening ko‘nglimda pinhon yashayotgan muqaddas so‘zlarni oshkora sotib kun ko‘radi. Fojia shundaki, unga e’tiroz bildirolmaysan, uning hamma gaplari umuman to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. 📘Murod Muhammad Do‘st "Galatepaga qaytish" 📚To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳